logo-grreen

Qishloq xo’jaligi vazirligi geoaxborot tizimi

Qishloq xo‘jaligi vazirligining ArcGIS dasturiy mahsuloti negizidagi o‘z geoaxborot tizimi 2021-yilning noyabr oyidan sinov rejimida ishga tushirilgan. Bugungi kunda ushbu tizim respublikamizning 4 ta vazirlik va idoralarining axborot tizimlari, shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligining quyi tashkilotlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan.

Qayta ishlanadigan maʼlumotlar va tizim imkoniyatlari har 10 kunda butun Respublikamiz bo‘ylab koinotdan olinadigan suratlar, real vaqt rejimida 200 nafar dala ishchilari tomonidan to‘planadigan maʼlumotlarni monitoring qilish hisobiga doimiy ravishda kengaytirib boriladi. Kerakli barcha maʼlumotlarni olish, shu jumladan, yerdan foydalanuvchilar, tuproq xususiyatlari, sug‘orish tizimlarining mavjudligi va ekin turlarini avtomatik aniqlash uchun sunʼiy intellekt texnologiyalari yordamida amalga oshirilgan maʼlumotlarni tahlil qilish imkoniyatlari yaratilgan.

Yaqin kelajakda Qishloq xo‘jaligi vazirligining uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanish asosida olingan yuqori sifatli multispektral suratlardan foydalanish hisobiga tizimning imkoniyatlari yana-da kengaytiriladi. Kelgusida tizim qishloq xo‘jaligi foydalanuvchilarning ehtiyojlariga yo‘naltiriladi va uning yordamida ekin ekish va hosili yig‘ishtirib olish uchun qulay vaqtni tanlash, o‘g‘itlash sxemasini hisoblab chiqish, monitoring qilish, qishloq xo‘jalik ekinlarining hosilini prognoz qilish, kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlash mumkin bo‘ladi.

Respublika miqyosida 2023-yil qishloq xo’jaligi ekinlarining joriy monitoringini amalga oshirish uchun Sentinel multispektral kosmik suratlarni yuklab olish kartografik sxemasi tuzildi.