Asosiy vazifalarimiz
Qishloq xo‘jaligini raqamli va geoaxborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ tashkil topgan. Markazning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
-
01
Agrosanoat kompleksida raqamli texnologiyalarni joriy etish va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish
-
02
“Aqlli qishloq xo‘jaligi” texnologiyalarini joriy etish uchun, texnologik sharoitlar yaratish
-
03
Agrosanoat va oziq-ovqat sohasiga oid ma’lumotlar bazasini yaratish
-
04
Qishloq xo‘jaligida geoaxborot tizimlarini joriy etish
-
05
Markaz tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash
Faoliyatimiz yo'nalishlaridagi loyihalar
Oziq-ovqat xavfsizligi
2. Agrar sohada ajratilgan subsidiyalar yagona davlat "Agrosubsidiya" axborot tizimi
3. Klaster reytinglarini avtomatlashtirilgan baholash "ReAgro" axborot tizimi
4. "Raqamli qishloq xo'jaligi" yagona integratsion platformasi
Moliyaviy boshqaruv
2. “Agrotexnik tadbirlarni hisobga olgan holda fermerning biznes-rejasini onlayn hisob-kitob qilish” axborot tizimi
Yer boshqarmasi
2. Qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijraga berishga mo‘ljallangan “E-IJARA” axborot tizimi
3. Qishloq xo‘jaligi yerlari foydalanuvchilaridan takliflarni qabul qilish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini elektron joylashtirish, kelishish, ma'lumot va hisobotlarni shakllantirish uchun foydalaniladigan "CropAgro" axborot tizimi
Fan va Ta'lim
2. Toshkent davlat agrar universitetida “Smart Campus” loyihasini tadbiq etish.
Mazkur loyiha kutubxona, abiturientlar, talabalar yotoqxonalari, buxgalteriya, talabalar va o'qituvchilarning o'quv jarayonlarini avtomatlashtiruvini beruvchi bir necha modullardan tashkil topgan.
Suv boshqarmasi
2. "Rubicon" suv resurslarini boshqarish tizimi
3. Suv balansi va sarfi hisobini yuritish hamda yerlarni to‘g‘ri sug‘orishni masofaviy monitoring yuritishning elektron prototip modelini (Farg‘ona viloyati misolida) ishlab chiqish
Qishloq xojaligi texnikasi
Bizning loyihalarimiz
«Crop Agro» axborot tizimi
Yerning tuproq tavsifi, suv bilan ta’minlanganligi va hududning ixtisoslashuvi ekinlarni joylashtirish, ya’ni kelgusi yil hosili uchun rejalashtirish oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilsa, mazkur ma’lumotlarni shakllantirish davlat tomonidan mahsulot yetishiruvchilarni o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish uchun foydalidir.
“REAGRO” axborot tizimi
Klasterlar qishloq xo‘jaligida agrosanoat majmuasini rivojlantirishda asosiy o‘rin tutadi, chunki ular bir-biriga bog‘langan va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan kompaniyalar, fermer xo‘jaliklari, ilmiy markazlar, yetkazib beruvchilar va boshqa ishtirokchilar guruhlari bo‘lib, ma’lum bir geografik hududda jamlangan hamda umumiy maqsadlar va ixtisosliklar bilan bog‘langan. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, qishloq xo‘jaligida klasterlarni baholash va reyting tizimini ishlab chiqish yagona baholash tizimini yaratishga yordam beradi, bu esa belgilangan mezonlar va metodologiyalar asosida klasterlarni xolisona taqqoslash va reytingini aniqlash imkonini beradi.
“Agroplatforma” axborot tizimi
Yer tayyorlashdan to hosil yetishtirib, yakuniy hisob-kitoblarini amalga oshirishgacha bo‘lgan zanjirdagi jarayonlarda fermer xo‘jaligi, ta’minotchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan o‘zaro hisob-kitob munosabatlari hamda to‘lov intizomini tizimli tartibga solishning yagona davlat axborot tizimi.
Meva-sabzavotchilik sohasini moliyalashtirish tizimi
«Agrosanoatni raqamlashtirish markazi» Davlat muassasasida Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha materiallarni to‘plash,
Toshkent Davlat Agrar Universitetida » Smart Campus» loyihasi
Ushbu loyiha foydali maʼlumotlarni yaratishga, talabaning reytingi va portfoliosi asosida talabalarning bilimlari maʼlumotlar bazalarini tuzishga yordam beradi, tizim, shuningdek, universitetning o‘quv jarayoniga bir qator o‘zgarishlarni kiritadi. “Smart Campus” loyihasi maʼlumotlardan (bilimlardan) tezkor foydalanish imkoniyatini beradi, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga olib keladi.
«Marketplace» elektron agrosanoat savdo portali
2022-yilda elektron agrosanoat savdo portali – “Marketplace” ishga tushiriladi. Fermerlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, yirik klasterlar, agrologistika markazlari, qayta ishlovchilar, mayda va yirik savdo tarmoqlari savdo portali foydalanuvchilariga aylanishadi. “Marketplace”, ayniqsa, moliyaviy xizmatlar kam bo‘lgan aholi punktlarida yashovchilar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning kam mobil toifalari uchun dolzarb bo‘ladi. Kelgusida ushbu platforma orqali eksport shartnomalarini tuzish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini rivojlantirish mumkin bo‘ladi.
“E-IJARA” Axborot tizimi
O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli tashkilotlar hamda idoralar bilan kelishishni amalga oshirishga mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi
Qishloq xo’jaligi vazirligi geoaxborot tizimi
Qishloq xo‘jaligi vazirligining ArcGIS dasturiy mahsuloti negizidagi o‘z geoaxborot tizimi 2021-yilning noyabr oyidan sinov rejimida ishga tushirilgan. Bugungi kunda ushbu tizim respublikamizning 4 ta vazirlik va idoralarining axborot tizimlari, shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vazirligining quyi tashkilotlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan.
“Agrosubsidiya” axborot tizimi
“Agrosubsidiya” Axborot tizimi (AT) Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish uchun mo‘ljallangan.
«Marketplace» elektron agrosanoat savdo portali
2022-yilda elektron agrosanoat savdo portali – “Marketplace” ishga tushiriladi. Fermerlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, yirik klasterlar, agrologistika markazlari, qayta ishlovchilar, mayda va yirik savdo tarmoqlari savdo portali foydalanuvchilariga aylanishadi. “Marketplace”, ayniqsa, moliyaviy xizmatlar kam bo‘lgan aholi punktlarida yashovchilar hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning kam mobil toifalari uchun dolzarb bo‘ladi. Kelgusida ushbu platforma orqali eksport shartnomalarini tuzish va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini rivojlantirish mumkin bo‘ladi.
Toshkent Davlat Agrar Universitetida » Smart Campus» loyihasi
Ushbu loyiha foydali maʼlumotlarni yaratishga, talabaning reytingi va portfoliosi asosida talabalarning bilimlari maʼlumotlar bazalarini tuzishga yordam beradi, tizim, shuningdek, universitetning o‘quv jarayoniga bir qator o‘zgarishlarni kiritadi. “Smart Campus” loyihasi maʼlumotlardan (bilimlardan) tezkor foydalanish imkoniyatini beradi, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga olib keladi.
Meva-sabzavotchilik sohasini moliyalashtirish tizimi
«Agrosanoatni raqamlashtirish markazi» Davlat muassasasida Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha materiallarni to‘plash,
“Agroplatforma” axborot tizimi
Yer tayyorlashdan to hosil yetishtirib, yakuniy hisob-kitoblarini amalga oshirishgacha bo‘lgan zanjirdagi jarayonlarda fermer xo‘jaligi, ta’minotchi va xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan o‘zaro hisob-kitob munosabatlari hamda to‘lov intizomini tizimli tartibga solishning yagona davlat axborot tizimi.
“REAGRO” axborot tizimi
Klasterlar qishloq xo‘jaligida agrosanoat majmuasini rivojlantirishda asosiy o‘rin tutadi, chunki ular bir-biriga bog‘langan va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan kompaniyalar, fermer xo‘jaliklari, ilmiy markazlar, yetkazib beruvchilar va boshqa ishtirokchilar guruhlari bo‘lib, ma’lum bir geografik hududda jamlangan hamda umumiy maqsadlar va ixtisosliklar bilan bog‘langan. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, qishloq xo‘jaligida klasterlarni baholash va reyting tizimini ishlab chiqish yagona baholash tizimini yaratishga yordam beradi, bu esa belgilangan mezonlar va metodologiyalar asosida klasterlarni xolisona taqqoslash va reytingini aniqlash imkonini beradi.
«Crop Agro» axborot tizimi
Yerning tuproq tavsifi, suv bilan ta’minlanganligi va hududning ixtisoslashuvi ekinlarni joylashtirish, ya’ni kelgusi yil hosili uchun rejalashtirish oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilsa, mazkur ma’lumotlarni shakllantirish davlat tomonidan mahsulot yetishiruvchilarni o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish uchun foydalidir.
Markaz yangiliklarI
18-NOYABR – O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BAYROG’I QABUL QILINGAN KUN
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
YouTubeda sun’iy intellekt qo‘shiqlarning remikslarini yaratishni boshladi
Marsda ishlash uchun robot-kimyogar yaratildi
Yaponlar koinotga dunyodagi birinchi yog‘och sun’iy yo‘ldoshni uchirdilar
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI
Dunyo yangiliklarI
Google barcha foydalanuvchilarga Imagen 3 tasvir generatorini ochdi
Google SI endi Android va iOSda fayllarni yuklashni qo‘llab-quvvatlaydi
Endi Instagram Storiesda hammaga ochiq izoh qoldirishingiz mumkin
OpenAl bir vaqtning o‘zida ikkita yirik loyihani – Strawberry va Orionni chiqarishga tayyorlanmoqda
Poytaxt aeroportida fikr-mulohazalar uchun QR kodlar paydo bo‘ldi
Chrome 15 million Windows foydalanuvchisining parollarini yo’qotdi
Ish jarayoni
Rejalashtirish
Tashkilotning normal ish jarayonini ta’minlash uchun doimiy ravishda ish faoliyatni rejalashtirish kerak. Shundan kelib chiqib, tashkilotimiz talab va takliflar asosida ish rejasini shakllantiradi. Bu bizga mavjud sharoitlarda harakat mexanizmini o‘z vaqtida aniqlash imkonini beradi, bu ish usuli jamoamizga o‘zgaruvchan tashqi muhitda harakat qilishning turli xil variantlarini aniqlash imkonini ochib beradi va strategiyani atrofdagi sharoitlarga samarali moslashishini ta’minlashda yordam beradi.
Loyihalarni boshqarish
Loyihalarni boshqarish – bu o‘z navbatida bizning jamoa uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan loyihalar va tadbirlarni rejalashtirish, resurslarni taqsimlash, sarflash, loyihani amalga oshirish jarayonini nazorat qilish, shuningdek loyiha doirasida o‘zgarishlarni tezkor boshqarish imkonini beradigan o‘ziga xos vositalar to‘plami.
Loyiha-texnik hujjatlar ishlab chiqish
Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish har qanday loyihaning dastlabki bosqichi hisoblanadi. Loyiha hujjatlari – loyihalashtirilgan dasturiy ta’minot yoki axborot tizimining funktsional, arxitektura va texnik yechimlarini belgilab beradigan texnik hujjatlardir.
Texnik hujjatlarni ishlab chiqishda tashkilotimiz O‘zbekiston Respublikasining O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan ro‘yhatga olingan Oʻz_DSt1985_2018, Oʻz_DSt1986_2018, Oʻz_DSt1987_2018 kabi ATni ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha davlat standartlariga amal qiladi. Barcha texnik hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim qilinadi.
Dizayn ishlab chiqish
Dizayn loyiha – bu ijodiy jarayon xisoblanib, yaratilayotgan Axborot tizimlari, veb-ilovalar, dasturiy ta’minot va boshqalarni badiiy va texnik loyihalash natijasidir.
Dizaynni ishlab chiqishda bizning jamoamiz foydalanuvchilar uchun foydalanish qulayligi, ranglar palitrasiga, o‘qilishi mumkin bo‘lgan shriftlardan foydalanishga va yagona uslubda ishlab chiqishga e‘tibor qaratadi. Bu bizga mijozlarimiz ko‘zini quvontiradigan dizaynni ishlab chiqish va taqdim etish imkonini beradi.
Loyiha ustida kuzatuvlar
Dasturlash – bu dasturlash tillari yordamida kompyuter dasturlarini yaratish jarayoni va san’ati. Bizning jamoamiz bugungi kunga qadar Python, java, react, C#, Javascript va boshqa shu kabi dasturlash tillari yordamida to’liq ishlaydigan dasturiy ta’minotni yaratishga muvaffaq bo’ldi:
“E-ijara” AT, “Agrosubsidiya” YAT, “Agroplatforma” AT va boshqalar.
Batafsil
Test sinovlari
Dasturiy ta’minot mahsulotlarini sinovlardan o‘tkazish ularni ishlab chiqish va bozorga chiqarish jarayonidagi muhim qadamlardan biridir. Bu dasturiy ta’minotning funksionalligi, ishonchliligi, xavfsizligi va ishlashini tekshirish jarayoni bo‘lib, bizning jamoamiz uchun bu tayyor mahsulotni buyurtmachiga topshirishdan oldin amalga oshiriladigan ishlab chiqishning muhim bosqichlaridan biridir.
Foydalanishga topshirish
Foydalanishga topshirish – Dasturiy ta’minot mahsulot yoki axborot tizimini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazgandan so‘ng uni ishga tushirishni jarayoni.
Foydalanishga topshirish dasturiy mahsulot yoki axborot tizimining uning hayotiy siklidagi muhim bosqichdir, chunki u foydalanuvchiga real foydalanish va uning funksional imkoniyatlaridan foyda olish imkonini beradi.
Batafsil
Texnik qo’llab -quvvatlash
Texnik qo’llab-quvvatlash mahsulotlar foydalanishga topshirilgandan keyin qo‘llab-quvvatlash va texnik xizmat ko’rsatish qismidir.
Doimiy texnik yordam foydalanuvchilarning mahsulotlarimizga ishonchini oshirish va ijobiy foydalanuvchi tajribasini yaratish uchun asosiy omil hisoblanadi
Batafsil
Xizmatlarimiz
Loyiha hujjatlari
O'zbekiston Respublikasi O'zDst 1987:2018 davlat standarti asosida loyiha-texnik hujjatlarini ishlab chiqish. Loyiha-texnik hujjatlarni ishlab chiqilishida kerakli ko'nikmalarga ega bo'lmasangiz, Markazimizni malakali mutaxassislari Sizga yordam beradi.
Web dizayn
Markazimizda paltformalarni va veb-saytlar dizaynlarini yaratish uchun malakali veb-dizaynerlar bor. Ular o'z ishlarini mutaxasisilari asosiysi ular eng soʻngi texnologik (grafika yoʻnalishi yoki dasturlash boʻyicha) ko'nikmalarga ega.
Dasturlash
Biz agrosanoat yo'nalishida web-saytlarni va axborot tizimlarini ishlab chiqaramiz va bu yo'nalishda siz bilan hamkorlik qilishga tayyormiz. Markazimizning 20 dan ziyod ishlab chiqgan shaxsiy axborot tizimlari mavjud.
Mobil dasturlar yaratish
Biz sizning biznesingiz va foydalanuvchilaringiz uchun ishlaydigan ilovalarni yaratamiz. Bu murakkab korporativ platforma va maʼlumotlar bazasi bo‘ladimi, sezgir veb-ilova yoki marketing sayti.
Faoliyatlari
Eng ko'p so'raladigan savollar
Markazimizning rasmiy veb-saytida ko‘rsatilgan Xodimlar bo‘limi mas’ul mutaxassisiga murojaat qilib, barcha ma’lumotlarni olishingiz mumkin.
Markazimizning rasmiy saytidagi “Faoliyatimiz” bo‘limida ma’lumot olishingiz, shuningdek, loyiha rahbarlarining ish telefonlari orqali bog‘lanib, to‘liq ma’lumot olishingiz mumkin.
Markazimizga digitalization@agro.uz elektron manzili orqali yoki Toshkent viloyati, ko’ch. Universitet, 2
Markazimiz O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining yordamchi binosida joylashgan. Manzil: Toshkent viloyati, Universitetskaya ko’chasi, 2-uy
Markazimizning barcha axborot tizimlarini texnik qoʻllab-quvvatlash uchun +99871 206 70 07 raqamiga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin.