Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar.
Yerning tuproq tavsifi, suv bilan ta’minlanganligi va hududning ixtisoslashuvi ekinlarni joylashtirish, ya’ni kelgusi yil hosili uchun rejalashtirish oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilsa, mazkur ma’lumotlarni shakllantirish davlat tomonidan mahsulot yetishiruvchilarni o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish uchun foydalidir.
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish va vakolatli tashkilotlar hamda idoralar bilan kelishishni amalga oshirishga moʻljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
Qishloq xoʻjaligi vazirligining ArcGIS dasturiy mahsuloti negizidagi oʻz geoaxborot tizimi 2021-yilning noyabr oyidan sinov rejimida ishga tushirilgan. Bugungi kunda ushbu tizim respublikamizning 4 ta vazirlik va idoralarining axborot tizimlari, shuningdek, Qishloq xoʻjaligi vazirligining quyi tashkilotlari axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan.
“Agrosubsidiya” axborot tizimi Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish boʻyicha materiallarni toʻplash, koʻrib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish uchun moʻljallangan.
2022-yilda elektron agrosanoat savdo portali – “Marketplace” ishga tushiriladi. Fermerlar, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar, yirik klasterlar, agrologistika markazlari, qayta ishlovchilar, mayda va yirik savdo tarmoqlari savdo portali foydalanuvchilariga aylanishadi.
Ushbu loyiha foydali ma’lumotlarni yaratishga, talabaning reytingi va portfoliosi asosida talabalarning bilimlari ma’lumotlar bazalarini tuzishga yordam beradi. Shuningdek, universitetning oʻquv jarayoniga bir qator oʻzgarishlarni kiritadi. “Smart Campus” loyihasi ma’lumotlardan tezkor foydalanish imkoniyatini beradi, qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga olib keladi.
Yer tayyorlashdan to hosil yetishtirib, yakuniy hisob-kitoblarini amalga oshirishgacha boʻlgan zanjirdagi jarayonlarda fermer xoʻjaligi, ta’minotchi va xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan oʻzaro hisob-kitob munosabatlari hamda toʻlov intizomini tizimli tartibga solishning yagona davlat axborot tizimi.
Klasterlar qishloq xoʻjaligida agrosanoat majmuasini rivojlantirishda asosiy oʻrin tutadi, chunki ular bir-biriga bogʻlangan va oʻzaro bogʻliq boʻlgan kompaniyalar, fermer xoʻjaliklari, ilmiy markazlar, yetkazib beruvchilar va boshqa ishtirokchilar guruhlari boʻlib, ma’lum bir geografik hududda jamlangan hamda umumiy maqsadlar va ixtisosliklar bilan bogʻlangan. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, qishloq xoʻjaligida klasterlarni baholash va reyting tizimini ishlab chiqish yagona baholash tizimini yaratishga yordam beradi, bu esa belgilangan mezonlar va metodologiyalar asosida klasterlarni xolisona taqqoslash va reytingini aniqlash imkonini beradi.
Biz bilan ishlaganlarning fikrlari va tilaklari bilan tanishishingiz mumkin. Balki keyingi fikrlarni aynan siz qoldirarsiz.
Umarov Kabir Qodir o‘g‘li
Kabir Backend dasturchi bo’lib ishlaydi, o‘z sohasining eng yaxshi mutaxassisi! Yozgan kodlari xuddi “Avada Kedavra” kabi aniq va samarali ishlaydi. U har qanday texnik muammoni “Wingardium Leviosa” bilan havoga ko‘tarib, osongina hal qiladi.
Eng qiziq tomoni – u “Garri Potter” ning ashaddiy muxlisi! Python dan tashqari, sehrli dunyo tilini ham mukammal o‘rgangan. Kabir ishlash vaqtida boshida “Ravenclaw” ning shlyapasini tasavvur qilib, innovatsion g‘oyalar bilan chiqadi.
Garri Potter haqidagi bilimlari esa o‘ziga xos hikoya! Kod yozayotganda, o‘zini “Hogvarts” laboratoriyasida professor Snape bilan ishlayotgandek tasavvur qiladi. Har bir funksiyasi va algoritmi xuddi “Felix Felicis” eliksiridek ish beradi – kodni mukammallashtiradi.
Oilali va bu unga yanada mas’uliyatli, shu bilan birga, bardam bo‘lishga yordam beradi. Uning ishga bo‘lgan sadoqati va do‘stona munosabati nafaqat yaxshi hamkasb, balki ilhomlantiruvchi shaxs ekanligini ko‘rsatadi.
Maxmudov Utkir Baxtiyarovich
2023-yil 10-maydan:
“Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ direktori
Tug‘ilgan yili: 01.12.1983
Tug‘ilgan joyi: Toshkent viloyati
MEHNAT FAOLIYATI
2004 – 2004 yy. – “Gabus Qurilish Besh” MChJ
2004 – 2012 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi
2012 – 2014 yy. – Kompyuter va informatsion texnologiyalarini rivojlantirish UZINFOCOM markazi
2014 – 2015 yy. – “Axoft Internatonal” MChJ
2015 – 2017 yy. – “Dasturchilar markazi– BePro” MChJ
2017 – 2017 yy. – “UZMEDINFO” DUK direktorining o‘quv va ta’lim bo‘yicha o‘rinbosari
2017 – 2018 yy. – “WHRIL” MChJ
2018 – 2020 yy. – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyihalarni boshqarish milliy agentligining Iqtisodiyotni axborotlashtirish va rivojlantirish departament direktori
2020 – 2021 yy. – “Xarid Texnologiyalari” MChJ Texnik va axborotlashtirish masalalari bo‘yicha direktori
2021 – 2023 yy. – “Orient Holding” MChJ Axborot texnologiyalari bo‘yicha direktori
2023-yil – hozirda – “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ direktori