Yillar mobaynida markazimizga nafaqat agrar yo‘nalishidagi tashkilotlar, balki boshqa soha vakillar guruhi – katta tajribaga va amaliy bozorda nufuzga ega mutaхassislar ham hamkorlik koʻmagini amalga oshirib kelmoqda.

Qishloq xoʻjaligini raqamlashtirishga yoʻnaltirilgan tashkilot

Biz haqimizda

Qishloq xoʻjaligini raqamli va geoaxborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ tashkil topgan. Markazning asosiy vazifalariga quyidagilar kiradi:

1

Agrosanoat kompleksida raqamli texnologiyalarni joriy etish va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish

2

“Aqlli qishloq xoʻjaligi” texnologiyalarini joriy etish uchun, texnologik sharoitlar yaratish

3

Agrosanoat va oziq-ovqat sohasiga oid ma’lumotlar bazasini yaratish

4

Qishloq xoʻjaligida geoaxborot tizimlarini joriy etish

5

Markaz tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash

yillik tajriba
0 +
muvaffaqiyatli topshirilgan loyihalar
0 +
mutaxassislar
0 +
hamkorlar soni
0 +

Bizning yoʻnalishlar

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ tomonidan taqdim etilayotgan xizmatlar.

01

Oziq-ovqat xavfsizligi

  1. Elektron agrosanoat bozori portali – “Marketplace”
  2. Agrar sohadagi subsidiyalar yagona davlat “Agrosubsidiya” axborot tizimi
  3. Klaster reytinglarini avtomatlashtirilgan baholash “ReAgro” axborot tizimi
  4. “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsion platformasi

02

Yer boshqarmasi

  1. Qishloq xoʻjaligida yer resurslaridan samarali foydalanish va hisobini yuritish, qishloq xoʻjaligi ekinlari monitoringini amalga oshirish imkonini beruvchi ArcGIS geoaxborot tizimi
  2. Qishloq xoʻjaligi maqsadlari uchun yer uchastkalarini ijraga berishga moʻljallangan “E-IJARA” axborot tizimi
  3. Qishloq xoʻjaligi yerlari foydalanuvchilaridan takliflarni qabul qilish, qishloq xoʻjaligi ekinlarini elektron joylashtirish, kelishish, ma’lumot va hisobotlarni shakllantirish uchun foydalaniladigan “CropAgro” axborot tizimi

03

Suv boshqarmasi

  1. Avstriyaning “BAUER” GmbH kompaniyasi va uning qishloq xoʻjaligida taklif etayotgan suv tejovchi texnologiyalari
  2. “Rubicon” suv resurslarini boshqarish tizimi
  3. Suv balansi va sarfi hisobini yuritish hamda yerlarni toʻgʻri sugʻorishni masofaviy monitoring yuritishning elektron prototip modelini (Fargʻona viloyati misolida) ishlab chiqish

04

Moliyaviy boshqaruv

  1. Agrar siyosatni amalga oshirishning asosiy axborot vositasi agrosanoat majmuasida yagona “Agroplatforma” axborot tizimi
  2. “Agrotexnik tadbirlarni hisobga olgan holda fermerning biznes-rejasini onlayn hisob-kitob qilish” axborot tizimi

05

Fan va ta’lim

  1. Toshkent viloyati agroxizmatlar markazida joriy etilgan “AKIS CENTER” axborot tizimi
  2. Toshkent davlat agrar universitetida “Smart Campus” loyihasini tadbiq etish. Mazkur loyiha kutubxona, abiturientlar, talabalar yotoqxonalari, buxgalteriya, talabalar va oʻqituvchilarning oʻquv jarayonlarini avtomatlashtiruvini beruvchi bir necha modullardan tashkil topgan

06

Qishloq xojaligi texnikasi

  1. “Davlat sinovlaridan oʻtgan, import qilingan va respublika ishlab chiqarilgan qishloq xoʻjaligi va meloratsiya texnikalarining yagona davlat reyestri” axborot tizimi

Markazimiz va dunyo yangiliklari

Bu yerda qishloq xo‘jaligi va agrosanoatni raqamlashtirishga tegishli so‘ngi markazimiz va dunyo yangiliklari bilan tanishishingiz mumkin.

Bizning asosiy ish jarayonimiz

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ tomonidan olib borilayotgan loyihalar.

Rejalashtirish

Tashkilotning normal ish jarayonini ta’minlash uchun doimiy ravishda ish faoliyatni rejalashtirish kerak. Shundan kelib chiqib, tashkilotimiz talab va takliflar asosida ish rejasini shakllantiradi. Bu bizga mavjud sharoitlarda harakat mexanizmini oʻz vaqtida aniqlash imkonini beradi, bu ish usuli jamoamizga oʻzgaruvchan tashqi muhitda harakat qilishning turli xil variantlarini aniqlash imkonini ochib beradi va strategiyani atrofdagi sharoitlarga samarali moslashishini ta’minlashda yordam beradi.

Loyihalarni boshqarish

Loyihalarni boshqarish – bu oʻz navbatida bizning jamoa uchun amalga oshirilishi kerak boʻlgan loyihalar va tadbirlarni rejalashtirish, resurslarni taqsimlash, sarflash, loyihani amalga oshirish jarayonini nazorat qilish, shuningdek loyiha doirasida oʻzgarishlarni tezkor boshqarish imkonini beradigan oʻziga xos vositalar to‘plami.

Loyiha-texnik hujjatlar ishlab chiqish

Texnik hujjatlarni ishlab chiqishda tashkilotimiz O‘zbekiston Respublikasining O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan ro‘yhatga olingan Oʻz_DSt1985_2018, Oʻz_DSt1986_2018, Oʻz_DSt1987_2018 kabi ATni ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha davlat standartlariga amal qiladi. Barcha texnik hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim qilinadi.

Dizayn ishlab chiqish

Dizayn loyiha – bu ijodiy jarayon xisoblanib, yaratilayotgan axborot tizimlari, veb-ilovalar, dasturiy ta’minot va boshqalarni badiiy va texnik loyihalash natijasidir. Dizaynni ishlab chiqishda bizning jamoamiz foydalanuvchilar uchun foydalanish qulayligi, ranglar palitrasiga, oʻqilishi mumkin boʻlgan shriftlardan foydalanishga va yagona uslubda ishlab chiqishga e‘tibor qaratadi. Bu bizga mijozlarimiz ko‘zini quvontiradigan dizaynni ishlab chiqish va taqdim etish imkonini beradi.

Dasturlash

Dasturlash – bu dasturlash tillari yordamida kompyuter dasturlarini yaratish jarayoni va san’ati. Bizning jamoamiz bugungi kunga qadar Python, Java, React, C#, JavaScript va boshqa shu kabi dasturlash tillari yordamida toʻliq ishlaydigan dasturiy ta’minotni yaratishga muvaffaq boʻldi:

“E-ijara” AT, “Agrosubsidiya” YAT, “Agroplatforma” AT va boshqalar.

Test sinovlari

Dasturiy ta’minot mahsulotlarini sinovlardan oʻtkazish ularni ishlab chiqish va bozorga chiqarish jarayonidagi muhim qadamlardan biridir. Bu dasturiy ta’minotning funksionalligi, ishonchliligi, xavfsizligi va ishlashini tekshirish jarayoni boʻlib, bizning jamoamiz uchun bu tayyor mahsulotni buyurtmachiga topshirishdan oldin amalga oshiriladigan ishlab chiqishning muhim bosqichlaridan biridir.

Foydalanishga topshirish

Foydalanishga topshirish – dasturiy ta’minot mahsulot yoki axborot tizimini ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazgandan soʻng uni ishga tushirishni jarayoni.

Foydalanishga topshirish dasturiy mahsulot yoki axborot tizimining uning hayotiy siklidagi muhim bosqichdir, chunki u foydalanuvchiga real foydalanish va uning funksional imkoniyatlaridan foyda olish imkonini beradi.

Texnik qoʻllab-quvvatlash

Texnik qoʻllab-quvvatlash mahsulotlar foydalanishga topshirilgandan keyin qoʻllab-quvvatlash va texnik xizmat koʻrsatish qismidir.

Doimiy texnik yordam foydalanuvchilarning mahsulotlarimizga ishonchini oshirish va ijobiy foydalanuvchi tajribasini yaratish uchun asosiy omil hisoblanadi.

Mijozlarimiz va hamkorlarimiz biz haqimizda

Biz bilan ishlaganlarning fikrlari va tilaklari bilan tanishishingiz mumkin. Balki keyingi fikrlarni aynan siz qoldirarsiz.