logo-grreen

“Agrosubsidiya” axborot tizimi

“Agroplatforma” axborot tizimi

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” DM mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan “Agrosubsidiya” yagona axborot tizimi hozirda sinov tariqasida ishga tushirildi. Qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilari endi qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish bilan bog‘liq subsidiyalarni olish uchun arizalarni elektron tarzda yuborishlari mumkin.

Tizim www.аgrosubsidiya.uz elektron manzilida joylashtirilgan bo‘lib, uni doimiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida maxsus telegram bot ham yaratilgan: t.me/agrosubsidiya_support.

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari ayni kunlarda respublika hududlariga chiqib, joylarda tizim ishlashini ko‘rsatib berish orqali undan to‘g‘ri foydalanishni o‘rgatmoqda.

Yagona axborot tizim Prezidentning 2022-yil 1-martdagi PQ-144-son “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan. Tizim Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilariga subsidiyalar berish bo‘yicha materiallar va hujjatlarni tezkor ravishda jamlash, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar hamda tashkilotlar bilan kelishish imkonini beradi.

Suv tejovchi texnologiyalarni jalb etish istagidagi tashabbuskorlar quyidagi yo‘nalishlarda subsidiya olish uchun tizim orqali murojaat etishlari mumkin:

Quyidagilar xarajatlarning bir qismini qoplash bo‘yicha O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi subsidiyalari:

– donli ekinlarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish;

– sabzavot ekinlarida suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish;

– kartoshka ekinlarida suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish;

– poliz ekinlarida suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish;

– ozuqabop ekinlarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish;

– moyli ekinlarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish;

– dukkakli ekinlarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish;

– yerlarni lazer uskunali tekislagichlar bilan tekislash;

– texnik ekinlarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish;

– dorivor ekinlarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish.

O‘zR Suv xo‘jaligi vazirligi subsidiyasi:

–  paxta xomashyosi yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun.

O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi subsidiyalari:

– qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan har bir gektar yerni foydalanishga kiritish uchun;

– aholi tomorqa yerini sug‘orish uchun chuqurligi 10 metrdan ortiq bo‘lgan har bir vertikal sug‘orish qudug‘ini burg‘ulash va ishga tushirish uchun;

– kamida 30 ta aholi tomorqa yerlarini sug‘orish uchun vertikal sug‘orish quduqlarini burg‘ulash va ishga tushirish uchun.

Quyidagilarga suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish xarajatlarining bir qismini qoplash bo‘yicha Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi subsidiyalari:

– danakli mevalar yetishtirish;

– yong‘oqli mevalar yetishtirish;

– urug‘li mevalar yetishtirish;

– subtropik mevalar yetishtirish;

– tok mevalar yetishtirish.

Taʼkidlash kerakki, “Agrosubsidiya” YAAT orqali subsidiyani olish uchun arizalar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-fevraldagi 109-son hamda 2021-yil 23-fevraldagi 95-son qarorlari bilan tasdiqlangan reglamentga muvofiq yuboriladi.

Play Video