logo-grreen
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QARORI

YOSHLARGA YER AJRATISH ORQALI ULARNING DAROMADLARINI OSHIRISH VA BANDLIGINI TA’MINLASH, SHUNINGDEK, YANGI YER MAYDONLARINI O‘ZLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

Qishloq xo‘jaligidagi yer va suv resurslaridan samarali foydalanish orqali oziq-ovqat ekinlari yetishtirishni ko‘paytirish, aholi, shu jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish maqsadida:

  1. Belgilansinki, tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni (keyingi o‘rinlarda — yer maydonlari) elektron onlayn auksion savdolariga qo‘yilib, dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun ustuvor ravishda 1-ilovagamuvofiq yoshlarga ijaraga beriladi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha bo‘lgan zanjirni qamrab oluvchi quyidagi yangi tizim joriy etiladi:
  2. a) bir oy muddatda 60 ming gektar yer maydonini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn auksion savdolari “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali “mahalla yettiligi”ning tavsiyasi bilan shakllantiriladigan ro‘yxatga kiritilgan yoshlar (keyingi o‘rinlarda — talabgorlar) o‘rtasida o‘tkaziladi. Bunda:

yer maydonlarini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn auksion savdolari g‘oliblariga yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi;

zakalat puli bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida belgilanadi;

  1. b) talabgorlarga:

sabzavot, kartoshka, poliz ekinlari, gul, ko‘katlar, makkajo‘xori doni, dukkakli va moyli ekinlar yetishtirishga sug‘oriladigan ekin maydonlari;

bog‘dorchilik-uzumchilik yo‘nalishlari uchun ko‘p yillik daraxtzorlar yoki samarasiz bog‘lar yer maydonlari;

dorivor o‘simliklar yetishtirish, chorvachilik yo‘nalishlari uchun chorva ozuqasi ekinlarini yetishtirishga mo‘ljallangan, lalmi, bo‘z, yaylov va yangi o‘zlashtirilgan yer maydonlari 30 yil muddatgacha kichik lotlarda “bir massiv — bir mahsulot” tamoyili asosida ijaraga beriladi.

Bunda, elektron onlayn auksion savdolarida 1 nafar talabgor ishtirok etgan taqdirda, istisno tariqasida, auksion o‘tkazilgan hisoblanadi hamda ushbu imtiyozli shartlar asosida o‘tkaziladigan auksion savdolarida yoshlarga yer maydonini faqat bir marotaba ijaraga olishga ruxsat beriladi;

  1. v) talabgorlarga ajratiladigan yer maydonlari o‘lchamlari “mahalla yettiligi” taklifiga ko‘ra aniqlanadi. Bunda:

“mahalla yettiligi” tomonidan talabgorlarga “E-auksion” elektron savdo platformasiga joylashtiriladigan yer maydonlari bo‘yicha kichik lotlarni majburiy biriktirishga yo‘l qo‘yilmaydi;

ishni yaxshi tashkil qiladigan tadbirkorlar, mahsulotni qayta ishlovchi yoki eksport qiluvchilarga “Yoshlar daftari”dagi bir nechta yoshlarning bandligini ta’minlash majburiyati bilan yaxlit konturdagi yer maydonlarini berishga ruxsat beriladi;

  1. g) yer maydonlarini elektron onlayn auksion savdolari orqali ijaraga olgan yoshlar “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”dan chiqarilmaydi va ular uchun qonunchilikda belgilangan barcha imtiyoz va preferensiyalar saqlab qolinadi;
  2. d) talabgorlar tomonidan yer maydonlarida yetishtiriladigan ekin turlari va ular miqdorining doimiy monitoringi Yoshlar ishlari agentligining “Yosh fermerlar” platformasi orqali amalga oshiriladi.

Yoshlar ishlari agentligi bir oy muddatda Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan O‘zbekiston yosh fermerlar kengashi tashabbusi asosida “Yosh fermerlar” platformasini ishga tushirsin va Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agroplatforma” axborot tizimi bilan integratsiya qilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sh. G‘aniyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari bilan birgalikda ushbu tadbirlarni 20 kun muddatda sifatli tashkil qilish bo‘yicha mas’ul etib belgilansin.

  1. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha bo‘lgan zanjirni qamrab oluvchi yangi tizimni joriy qilish maqsadida talabgorlar Yoshlar ishlari agentligi tuman (shahar) bo‘limi bilan kelishilgan holda “Agrobank” ATBning “Fermerlar maktabi”, “Suvchilar maktabi”, agrar sohada kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalariga va hududlardagi kichik biznesga ko‘maklashish markazlariga o‘quv kurslariga yo‘naltirilsin.
  2. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda agrar sohadagi va hududlardagi boshqa oliy ta’lim muassasalari tegishli o‘quv-tajriba uchastkalarida bog‘ va tokzorlarni barpo etish, sabzavot, kartoshka, poliz, dukkakli va moyli ekinlarni yetishtirish bo‘yicha ko‘rgazmali dala maydonlari barpo etilishini ta’minlasin.
  3. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha bo‘lgan zanjirni qamrab oluvchi yangi tizim bo‘yicha talabgorlarga quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etilsin:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi “Meva-sabzavotchilik sohasini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, tarmoqda klaster va kooperatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-52-son qarorida nazarda tutilgan shartlarda va mablag‘lar doirasida talabgorlarga tijorat banklari tomonidan 7 yilgacha muddatga 100 mln so‘mgacha kredit ajratish. Bunda, qaror doirasida barcha turdagi kreditlarni “mahalla yettiligi”ning kafilligi asosida ajratishga ruxsat beriladi hamda ular kreditlarning natijadorligi uchun teng javobgar bo‘ladi;

talabgorlarga mini-texnika, urug‘ va ko‘chat xaridiga “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan 5 million so‘mdan subsidiya, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan — 33 mln so‘mgacha kredit ajratish;

“Agrobank” ATB hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan joylardagi 167 ta “Agromarkazlar” orqali xususiy sektorni jalb etgan holda urug‘, ko‘chat yetkazish, mineral o‘g‘it berish, mini-texnika va agronom xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi hamda yetishtirilgan mahsulotni xarid qilishga qayta ishlovchilar va eksport qiluvchilar biriktiriladi.

  1. Belgilab qo‘yilsinki:

mazkur qarorga muvofiq ijaraga beriladigan yer maydonlarida turar joy, bino va inshootlar qurish qat’iyan man etiladi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari ekin maydonlarini yoshlarga ajratishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning yer uchastkasi ijara shartnomasi asosida belgilangan huquqlari buzilmasligiga shaxsan javobgar hisoblanadi.

Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibiga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori.

  1. Yoshlarga ajratiladigan yer maydonlari uchun mini-texnika, urug‘ va ko‘chat xarid qilishga 2024-yilda Yoshlar ishlari agentligi (A. Sa’dullayev) “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan 50 milliard so‘mgacha, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (A. Xaitov) Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan 60 milliard so‘mgacha mablag‘ yo‘naltirish choralarini ko‘rsin.
  2. Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining 2024-yilda 2-ilovagamuvofiq qo‘shimcha 218 ming gektar yer maydonini yangidan o‘zlashtirish va qayta foydalanishga kiritish yuzasidan taklifiga rozilik berilsin.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari, Bosh prokuratura (J. Xatamov), Ichki ishlar vazirligi (S. Nishanbayev) mazkur bandga asosan qo‘shimcha yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va qayta foydalanishga kiritishga shaxsan mas’ul etib belgilansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sh. G‘aniyev qo‘shimcha 218 ming gektar yer maydoni yangidan o‘zlashtirilishi va qayta foydalanishga kiritilishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.

  1. 2024-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda qo‘shimcha yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va qayta foydalanishga kiritish sxemasi 3-ilovagamuvofiq tasdiqlansin.

Bunda, qo‘shimcha yer maydonlarini yangidan o‘zlashtirish va qayta foydalanishga kiritish uchun 2-ilovaga muvofiq:

Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan 200 milliard so‘m miqdoridagi foizsiz qarz mablag‘lari;

2024-yil uchun Davlat budjeti parametrlarida qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan sug‘oriladigan yer maydonlari va cho‘l hududlaridagi yerlarni qayta foydalanishga kiritish uchun rejalashtirilgan 100 milliard so‘m;

xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘lari;

ushbu tadbirlarni amalga oshirishga yetishmagan qolgan mablag‘lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti va viloyatlar mahalliy budjetlarining qo‘shimcha manbalari hisobidan ajratiladi.

Belgilansinki, ichki sug‘orish tarmoqlarini va ulardagi gidrotexnik inshootlarni qurish va ta’mirlash ishlari ushbu yer uchastkalarini ijaraga oladigan tashabbuskorlar tomonidan amalga oshiriladi.

  1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari quduq qazish, sug‘orish tarmoqlarini tiklash orqali yer maydonlarini suv bilan ta’minlash, elektr energiyasini tortish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishning texnik va moliyaviy ko‘rsatkichlarini belgilaydi hamda ushbu ishlarni amalga oshiruvchi pudratchi tashkilotlarni, istisno tariqasida, mustaqil aniqlaydi;

mazkur qarorga 2-ilovadagi yer maydonlarini ijaraga berishdan tushadigan mablag‘lar (auksion xarajatlaridan tashqari) Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga qaytariladi.

  1. Bosh prokuror Hisob palatasi bilan birgalikda mazkur qarorning 8-bandidako‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘larning maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat o‘rnatsin.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining:

428-moddasiga muvofiq tomchilatib sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan yerlar — tomchilatib sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan oyning boshidan e’tiboran besh yil muddatga, qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yangi o‘zlashtirilayotgan yerlar — vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan loyihaga muvofiq, ularni o‘zlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular o‘zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran besh yil mobaynida hamda yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan yerlar, daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun foydalanishdan qat’i nazar, besh yil muddatga yer solig‘idan ozod qilinganligi;

337-moddasiga muvofiq ushbu Kodeksning 57-moddasida nazarda tutilgan mezonlarga javob beruvchi qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga o‘zi ishlab chiqargan o‘z qishloq xo‘jaligi mahsulotini realizatsiya qilishdan olingan foydasi bo‘yicha foyda solig‘i stavkasi nol foiz miqdorida belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

  1. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
  2. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori M.M. Ubaydullayev va O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi K.K. Kuranbayev belgilansin.

Qaror ijrosini muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-son qaroriga
1-ILOVA

2024-yilda tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydonini elektron onlayn auksion orqali ijaraga oluvchi yoshlarning toifasi

  1. “Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandi.
  2. “Ayollar daftari”ga kiritilgan ayollar farzandi.
  3. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar.
  4. “Mehr daftari”ga kiritilgan yoshlar.
  5. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oila farzandi.
  6. Oilasi kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh fuqaro.
  7. Huquq-tartibot va mudofaa organlariga biriktirilgan yoshlar.
  8. Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishdan qaytgan yoshlar.
  9. Boquvchisini yo‘qotgan va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh fuqaro.
  10. I va II guruh nogironligi bo‘lgan fuqarolarning sog‘lom farzandi.
  11. Nogironligi bo‘lgan bola parvarishi bilan shug‘ullanayotgan yosh oila (er-xotinning biri).
  12. Ota-onalardan birida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan, ikkinchisi esa faoliyatini to‘xtatgan holda bemorga qarashga majbur bo‘lgan yoki ota-onasida I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan yosh fuqaro.
  13. Tabiiy ofatlar, halokatlar, yong‘inlar va boshqa favqulodda vaziyatlar oqibatida hayotiga, sog‘lig‘iga, mulkiga zarar yetgan yosh fuqaro.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING

QARORI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING QISHLOQ XO‘JALIGI VA OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINI YETISHTIRUVCHI, ISHLAB CHIQARUVCHI VA ULARNI EKSPORT QILUVCHI TADBIRKORLAR BILAN O‘TKAZILGAN MULOQOTIDA BELGILANGAN VAZIFALARNI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

Joriy yil 18-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini (keyingi o‘rinlarda — qishloq xo‘jaligi mahsulotlari) yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan muloqoti doirasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida:

  1. Belgilansinki, Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi doirasida 2024-yilda yuqori daromadli va eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash, saralash, quritish, qayta ishlash hamda ularni eksport qilish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish uchun tijorat banklari tomonidan jami 1,5 trillion so‘mgacha bo‘lgan miqdorda kredit resurslari yo‘naltiriladi.

Bunda, mazkur kredit resurslari hisobidan kreditlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchi tadbirkorlik subyektlariga aylanma mablag‘lari uchun revolver tarzda 1,5 milliard so‘mgacha 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada ajratiladi.

  1. Bosh vazir o‘rinbosari J. Xodjayev Savdo-sanoat palatasi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda 1-ilovagamuvofiq mahalliy mahsulotlar stendlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga ixtisoslashgan nufuzli xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarda jozibador lokatsiyalarda joylashtirish uchun ariza kiritish va Savdoga ko‘maklashish jamg‘armasiga amalda ajratilgan mablag‘lar hisobidan oldindan 100 foiz to‘lab berish tartibini joriy qilsin.

Bunda, ko‘rgazma va yarmarka tadbirlarida ishtirok etish xarajatlari uchun tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingidagi toifasiga mutanosib ravishda, jumladan “AAA” bo‘lganda 100 foiz, “AA” — 95 foiz, “A” — 90 foiz, “VVV” — 85 foiz, “VV” — 75 foiz hamda “V” — 65 foiz miqdorida subsidiyalar ajratiladi.

  1. Belgilansinki, 2024-yil 1-apreldan boshlab:
  2. a) meva-sabzavot mahsulotlari bo‘yicha bir eksport shartnomasi doirasida kelib tushmagan valyuta summasi eksportga yuklangan jami mahsulot narxining 10 foizidan oshmagan taqdirda muddati o‘tgan debitor qarzdorlik hisoblanmaydi va tadbirkorlik subyektiga nisbatan jarima qo‘llanmaydi;
  3. b) 2026-yil 1-yanvarga qadar mahallalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ib, faqat mahalliy eksport qiluvchi korxonalarga sotish bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslarni o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat beriladi.

Bunda, mahallalarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yig‘ib-sotuvchi jismoniy shaxslar va mahalliy eksport qiluvchi korxonalar o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining oldi-sotdi shartnomalari soliq organlarining maxsus mobil ilovasida rasmiylashtiriladi.

Soliq qo‘mitasi uch oy muddatda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining oldi-sotdi shartnomalarini rasmiylashtirishni ta’minlovchi mobil ilovani ishga tushirsin.

  1. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan, shu jumladan dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqalarida yetishtirilgan mahsulotlarni o‘zaro shartnoma asosida tashkillashtirilgan tarzda eksport qiluvchi mahalliy eksportyor korxonalarga (eksport klasteri) boshoqli don ekinlaridan bo‘shaydigan maydonlarning 50 foiziga eksportbop ekin turlarini ekishga buyurtmalar berish amaliyoti joriy etilsin.

Bunda, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi mazkur maydonlarga o‘simliklar karantini davlat inspektorlarini biriktiradi.

  1. Yoshlar ishlari agentligi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Eksportchilar uyushmasi hamda mahalliy hokimliklar bilan birgalikda bir oy muddatda xorijiy tillarni o‘zlashtirgan yoshlarni eksport amaliyoti bo‘yicha qisqa muddatli kurslarda bepul o‘qitish, eksportchi korxonalarga biriktirish tartibini ishlab chiqsin va amaliyotga joriy qilsin.
  2. Bojxona qo‘mitasi (A. Mavlonov), Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari joriy yil yakuniga qadar tajribali texnolog va dizaynerlarni jalb qilgan holda har bir hududda mahsulotlar uchun qadoqlar ishlab chiqarish hamda mahsulotlarni saralash, kalibrlash, vakuum-prekuler va boshqa turdagi qadoqlash bo‘yicha bittadan zamonaviy korxonani tashkil qilish hamda foydalanilmayotgan quvvatlarni o‘rganish va ishga tushirishga mas’ul etib belgilab qo‘yilsin.

Ushbu loyihalarni amalga oshirishga Jahon bankidan jalb qilingan mablag‘lar hisobidan 30 million AQSh dollari yo‘naltirilsin.

  1. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari eksportini muvofiqlashtiruvchi respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) 2-ilovaga muvofiq tarkibdatashkil qilinsin.

Respublika komissiyasiga eksportbop mahsulotlar yetishtirish va tayyorlash, eksport shartnomalarini tuzish hamda xorijiy iste’molchilarga yetkazib berishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarda yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni tezkor hal etish vazifasi yuklansin.

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (I. Ergashev), Savdo-sanoat palatasi (D. Vahobov), Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (L. Qudratov) bir hafta muddatda Respublika komissiyasi orqali eksportchilar bilan doimiy muloqot maydonini ishga tushirsin.

Respublika komissiyasi bir hafta muddatda 2024-yil uchun meva-sabzavot, oziq-ovqat va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti ko‘rsatkichlarini tasdiqlasin hamda ularning ijrosini ta’minlasin.

  1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtiruvchi, ishlab chiqaruvchi va ularni eksport qiluvchi tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” 3-ilovagamuvofiq tasdiqlansin.
  2. O‘zbekiston Respublikasiningxorijdagi diplomatik vakolatxonalari tegishli davlatda mahalliy qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish va realizatsiya qilishda savdo agentlari faoliyatini yo‘lga qo‘ysin. Bunda:

xorijdagi diplomatik vakolatxonalar qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi eng faol agentlarning ro‘yxatini shakllantiradi va Respublika komissiyasiga taqdim etadi;

Respublika komissiyasi xorijdagi savdo agentlariga doir ma’lumotlarni “Agroko‘makchi” mobil ilovasiga kiritadi hamda yangilab boradi.

  1. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda qonunchilik hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga 4-ilovaga*muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
  3. Qaror ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib Bosh vazir o‘rinbosarlari J.A. Xodjayev va J.A. Qo‘chqorov belgilansin.

 

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.