1991-yil 18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i qabul qilingan. Bu sana mamlakatimiz tarixida muhim va unutilmas voqea sifatida alohida o‘rin tutadi.

Davlat bayrog‘imiz — mustaqilligimiz, milliy o‘zligimiz, xalqimizning orzu-intilishlari va buyuk kelajagimiz ramzidir. Undagi moviy, oq va yashil ranglar, qizil chiziqlar, yarim oy hamda yulduzlar xalqimizning boy tarixi, ezgu qadriyatlari va yorug‘ kelajakka bo‘lgan ishonchini o‘zida mujassam etgan.

Bayrog‘imiz xalqaro maydonlarda yurtimiz sha’nini ulug‘laydi, sport musobaqalarida g‘alabalarimizga hamroh bo‘ladi va har bir yurtdoshimiz qalbida faxr hamda iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi.

Davlat bayrog‘imiz doimo balandlarda hilpirab, mustaqilligimiz, tinchligimiz va xalqimiz birdamligining yorqin timsoli bo‘lib qolsin!

🇺🇿 Bayrog‘imiz — g‘ururimiz, Vatanimiz — faxrimiz!

#18Noyabr #DavlatBayrog‘i #O‘zbekiston #Vatan #MilliyG‘