logo-grreen
O‘zbekiston agrosanoatini raqamlashtirish tizimiga qirg‘izistonlik mutaxassislar qiziqish bildirmoqda

O‘zbekiston agrosanoatini raqamlashtirish tizimiga qirg‘izistonlik mutaxassislar qiziqish bildirmoqda

Yaqinda Qirg‘iz Respublikasining Bishkek shahrida qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikasi ishchi guruhining ikkinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan edi.
Yig‘ilish doirasida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MChJ rahbariyati tomonidan Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilayotgani bois, sohani raqamlashtirish jarayoniga jiddiy yangiliklar kiritilib, har bir yo‘nalishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda ishlab chiqilgan axborot dasturlari haqida taqdimot o‘tkazildi.
Taqdimotda bugungi kunda Agrosanoatni raqamlashtirish markazi tomonidan 10 dan ortiq axborot tizimlari ishlab chiqilib, qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan subyektlarga qulayliklar yaratilib kelinayotgani, jumladan, markaz tomonidan ishlab chiqilib amaliyotga joriy etilgan “Agrosubsidiya” AT, “Agroplatforma” AT, Geoaxborot tizimi, E-Ijara, CropAgro kabi axborot tizimlarining ish samaradorligini oshirishdagi afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Uchrashuvda, shuningdek, ishlab chiqilgan axborot tizimlari soha vakillariga qulaylik yaratish bilan bir qatorda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlab o‘tildi.
Uchrashuv yakunida Qirg‘iziston tomoni qishloq xo‘jaligida ushbu zamonaviy raqamli agrodasturlarga katta qiziqish bildirib, kelgusida “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MChJ bilan hamkorlikda agroplatformalarni yaratishga kelishib oldilar.

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.