Qishloq va suv xoʻjaligini raqamli va geoaxborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzurida “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ tashkil topgan.
Yillar mobaynida markazimizga nafaqat agrar yoʻnalishidagi tashkilotlar, shuningdek boshqa soha vakillar guruhi ham hamkorlik koʻmagini amalga oshirib kelmoqda. Bu katta tajribaga va Oʻzbekiston amaliy bozorida nufuzga ega mutaхassislardir. Ular koʻrsatayotgan IT, aхborot yordami, maslahat koʻmagi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bizning faoliyatimizda hozir boʻlishlari, qoʻshma loyihalar va muntazam oʻtkazilayotgan tadbirlar uchun ularga minnatdorlik bildiramiz va koʻp yillar mobaynida samarali hamkorlikka umid qilamiz.