15-oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni
Har yili keng nishonlanuvchi “15-oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni” jamiyatda qishloq ayollarining mehnati nechogʻlik qadrli va alohida ahamiyatga ega ekanini koʻrsatadi.
Bugun xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, qishloq ayollarining ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy faolligini oshirish davr talabiga aylanayotir.
Oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatish xalqimiz uchun azal-azaldan buyuk qadriyat bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qoladi. Chunki sizlar bilan hayotimiz go‘zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir.
“Agrosanoat raqamlashtirish markazi” jamoasi “15-oktabr — Xalqaro qishloq ayollari kuni” munosabati bilan siz ayollarni chin yurakdan muborakbod etadi.