1991-yil 18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i tasdiqlanib, mamlakatimiz mustaqilligi ramzlari qatoridan munosib o‘rin egalladi. Bayrog‘imizning ranglari va undagi har bir unsuri xalqimizning tarixiy ildizlari, milliy an’analari hamda kelajak sari intilishini ifodalaydi.

Uning moviy rangi – osmon musaffoligi va tinchlik,
oq rangi – poklik va ezgulik,
yashil rangi – yangilanish va barqaror taraqqiyot,
qizil chiziqlari – hayot davomiyligini anglatadi.
Yarim oy va yulduzlar esa milliy o‘zligimiz, e’tiqod va qadriyatlarimiz timsolidir.

Davlat bayrog‘ining yuksak maqomi davlat suvereniteti, mustaqillik g‘oyasi va xalqimizning birligiga sadoqatini anglatadi.
Bayroq har safar hilpiraganda, unda mujassam bo‘lgan tarixiy meros, orzu-intilishlar va yurt ravnaqi yo‘lidagi ezgu maqsadlar yodga olinadi.

Davlat bayrog‘iga hurmat ko‘rsatish – Vatanga sadoqatning muhim ko‘rinishidir.

U mamlakatimizning xalqaro maydondagi munosib o‘rni, davlatimizning mustahkam suvereniteti va milliy g‘ururini ifodalovchi asosiy ramzlardan biridir.