Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni — “Hosil bayrami” munosabati bilan soha rivojiga munosib hissa qo‘shayotgan fidoyi mutaxassislarni mukofotlash to‘g‘risidagi buyruq imzolandi.

Unga ko‘ra, Agrosanoatni raqamlashtirish markazining quyidagi xodimlari yuksak e’tirof — “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi:

  • Azimov Anvarjon A’zamjon o‘g‘li — Amaliy axborot tizimlarini tatbiq etish boshqarmasi boshlig‘i
  • Buriyev Uralbek Xurram o‘g‘li — Axborot-tahlil multimedia bo‘limi PR va mahsulotlar targ‘iboti sektori muharriri
  • Sharipova Manzura Tairxodjayevna — Qishloq xo‘jaligida fazoviy ma’lumotlar infratuzilmasi va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilish boshqarmasi boshlig‘i

Mazkur yuksak mukofot soha fidoyilarining mehnatini e’tirof etish maqsadida topshirilib, har bir sovrindorga bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

Agrosanoatni raqamlashtirish markazi jamoasi nomidan mukofotlangan hamkasblarimizni chin dildan tabriklaymiz!

Ularning mehnati mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish jarayonini yangi bosqichga ko‘tarishda muhim o‘rin tutadi.