Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MChJda 2025-yil yakunlariga bag‘ishlangan “Yil sarhisobi” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda joriy yil davomida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan yutuqlar va kelgusi rejalar muhokama qilindi.

Tadbir davomida Markaz xodimlarining mehnati alohida e’tirof etildi. Xususan, yil davomida o‘zini yuqori darajada namoyon etgan, xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib, sohani rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan xodimlar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar.

 

Markaz rahbariyati tomonidan faol va tashabbuskor xodimlarga bildirilgan minnatdorlik, ularni kelgusida yanada mas’uliyat bilan ishlashga va yangi marralarni zabt etishga undaydi. Ta’kidlanganidek, jamoaning hamjihatligi va kasbiy salohiyati Markaz faoliyati samaradorligining muhim omili hisoblanadi.

Tadbir yakunida 2026-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi hamda barcha xodimlarga yangi yilda omad va muvaffaqiyatlar tilak qilindi.