Yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida o‘z hayotini mas’uliyatli va sharafli xizmatga bag‘ishlagan mard va jasur insonlar bor. Ana shunday fidoyi vatandoshlarimizning bayrami — 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni yurtimizda katta ehtirom bilan nishonlanadi.

Vatan sarhadlari daxlsizligi, xalqimiz tinchligi va barqarorligi yo‘lida doimo shay turgan, muqaddas qasamyodiga sodiq barcha harbiy xizmatchilarimizni, zahmatkash va fidoyi o‘g‘lonlarimizni ushbu ulug‘ ayyom bilan chin dildan tabriklaymiz.

El-yurt ishonchini oqlab, Vatan himoyasini o‘z hayot mazmuniga aylantirgan siz kabi fidoyilar bilan xalqimiz haqli ravishda faxrlanadi. Sharafli xizmat yo‘lingizda mustahkam iroda, yuksak g‘urur va yangi zafarlar hamisha hamrohingiz bo‘lsin!

“Agrasanoat raqamlashtirish markazi” jamoasi sizlarni 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bilan muborakbod etadi.