Kasbiy ma’rifat soati: Agrar sohani raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
Bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligida rahbar xodimlarning bilim va malakalarini oshirishga qaratilgan navbatdagi “Kasbiy ma’rifat” soati tashkil etildi.
Tadbir agrar tarmoqda raqamli transformatsiya jarayonlari, sohaga joriy etilayotgan zamonaviy texnologiyalar hamda ma’lumotlar boshqaruvi tizimini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlandi.
Raqamlashtirish — samaradorlik omili
Unda Agro ma’lumotlar bazasini boshqarish va tahlili, tarmoqlarni raqamli integratsiyalash boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Rahimov tomonidan “Agrar sohani raqamlashtirish bo‘yicha sohada amalga oshirilayotgan ishlar” mavzusida taqdimot o‘tkazildi.
Taqdimot davomida:
-
Agrar tarmoqda raqamli platformalarni joriy etish
-
Ma’lumotlar bazalarini yagona tizimga integratsiyalash
-
Sun’iy intellekt va analitik vositalardan foydalanish
-
Elektron monitoring va masofaviy kuzatuv tizimlarini kengaytirish
masalalari atroflicha yoritildi.
Shuningdek, raqamli xizmatlar orqali qishloq xo‘jaligi jarayonlarini optimallashtirish, resurslardan oqilona foydalanish hamda tezkor va asosli boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Ochiq muloqot va takliflar
Tadbir yakunida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, agrar sohada raqamli texnologiyalarni yanada keng joriy etish, ma’lumotlar almashinuvi tizimini takomillashtirish va innovatsion boshqaruv yondashuvlarini kuchaytirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Mazkur “Kasbiy ma’rifat” soati rahbar xodimlarning zamonaviy bilimlarini mustahkamlash, agrar sohada raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish hamda boshqaruv samaradorligini oshirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
