«9 may – Xotira va qadrlash kuni» qutlug‘ bo‘lsin!
O‘zbekistonda xalqimiz birdamligi va jasoratining timsoliga aylangan 9 May — Xotira va qadrlash kuni nishonlanmoqda.
Biz Vatan ozodligi yo‘lida og‘ir-sinovli kunlarda birdam va ahillikda g‘alaba uchun butun kuchini safarbar qilgan ko‘p millatli xalqimizning abadiy mardona xatti-harakatlarini ulug‘laymiz.
Shafqatsiz urush maydonlarida halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish bilan birga bugungi yorug‘ kunlarga yetib kelgan tabarruk keksalar, urush va mehnat faxriylariga mashaqqatli mehnat frontida ko‘rsatgan mardlik va jasorati uchun hurmat bajo keltiramiz.
Aziz hamyurtlar!
Qadrli faxriylarimiz!
«Agrosanoatni Raqamlashtirish Markazi» davlat muassasi sizlarni 9 may — Xotira va qadrlash kuni bilan Sizlarga va yaqinlaringizga sihat-salomatlik va uzoq umr, oilangizga tinchlik-xotirjamlik va farovonlik tilaymiz!
Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!