Germaniyaning “Norzhausen universiteti” va TATU o‘rtasida memorandum imzolandi
Mazkur memorandumga ko‘ra, universitetlar o‘rtasida akademik va ilmiy yo‘nalishlarda hamkorlik dasturlarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar o‘rtasida o‘zaro tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish, o‘quv va ilmiy ishlanmalar nashr etish bo’yicha hamkorlik qilishga kelishildi.
Ta’limning istiqbolli yo‘nalishlarida, jumladan, Avtomatlashtirish va elektronikani (Automation and electronics), Elektrotexnika muhandisligi ( Electrical engineering), Kompyuter ilmi ( Computer science), Barqaror texnologiyalar uchun sanoat muhandisligi (Industrial Engineering for Sustainable Technologies ) kabi sohalar uchun qo‘shma taʼlim dasturlari asosida birgalikda kadrlar tayyorlash maqsad qilindi.
Shuningdek, tashrif davomida Norzhausen universiteti laboratoriyalari bilan yaqindan tanishildi va ilmiy tadqiqot ishlarini birglikda amalga oshirish maqsadida universitetlar o‘rtasida “ilmiy maktab” (research school) tashkil etishga kelishib olindi.
Maʼlumot uchun: Norzhausen universiteti 1997-yilda tashkil etilgan, Germaniyaning Nordxauzen shahrida joylashgan davlat universiteti hisoblanadi. Universitet – muhandislik, IT, iqtisod, tibbiyot va ijtimoiy fanlar kabi sohalarda bakalavriat va magistratura dasturlarini taklif etadi.
Universitet amaliy tadqiqotlar va sanoat hamkorligiga katta eʼtibor beradi. Xususan, talabalarga ishlab chiqrish bilan birgalikda tadqiqot loyihalari va taʼlim dasturlarini umumlashtirgan holda ko‘plab imkoniyatlarni taklif etadi.
Manba: https://digital.uz