Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalari statistikasini raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha idoralararo ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo’lib o’tdi.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalari statistikasini raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha idoralararo ishchi guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat statistika agentligi, “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasi, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD) ishtirok etdilar. Mazkur yigilishda Idoralararo ishchi guruhlari loyihalar ustida fikr-mulohaza almashdilar.

 

I.Ikramov Qishloq xo’jaligi vazirligining Geoaxborot texnologiyalarini rivojlantirish boshqarmasi boshlig’i va X.Yakubov – Statistika agentligi Qishloq xo’jaligida ishlab chiqaruvchilar faoliyatini statistik kuzatuvlar bo’limi boshlig’i loyihalar haqida fikr almashdilar.

I.Ikramov – Idoralararo ishchi guruhining Qishloq xojaligi va oziq-ovqat sohalari statistikasi va raqamlashtirish loyihalarini baholash va tahlil qilish, xalqaro tajribadan kelib chiqib, qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat sohalari statistikasi va raqamlashtirish loyihalarini baholash, ishlab chiqilgan metodologiya loyihasini kelishish va tasdiqlash
masalalari yuzasidan axborot berdi.

X.Yakubov, O.Namozov, L.AbduIazizov, J.Xolov idoralarda mavjud topshiriqlarni hisobga olgan holda Idoralararo ishchi guruhining 2023-yil uchun ish rejasi loyihasiga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha takliflar mavjudligini bildirishdi.

I. Ikramov 2022-yiI l8-oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi Kengashining yig’ilishining 2-soni bayoni 26-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Qishloq xo’jaligi vazirligi ya O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi tomonidan 2022-yiL 27-dekabrda «Qishloq  xo’jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo’ljallangan strategiyasi ijrosi doirasida qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat statistikasini rivojlantirish va idoralararo ma’lumot almashinishni yo’lga qo’yish bo’yicha yo’l xaritasi’ tasdiqlangani, shuningdek uchta axborot tizimlarini joriy etish bo’yicha chora-tadbirlar rejasi loyihasi va kelgusi vazifalar to’g’risida axborot berdi.

O.Nomozov – oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda axborot tizimilaridan keng foydalanishni, idoralarda va tashqi manbaalarda shakllanayotgan ma’lumotlarni yig’ish, tahlil qilish va ochiq foydalanishni tashkil etishda o’zaro hamkorlikni kuchaytirish, ishlab chiqilgan chora-tadbirlar rejasi loyihasiga tizimlarni dastlab sinov tariqasida ishga tushirish bo’yicha takliflar bildirdi.

Yaratilishi belgilangan axborot tizimlarini xalqaro standartlarga mos ravishda bo’lishi va ishlab chiqish jarayonida xorijiy tayiba va malakali mutaxassislarning bilim hamda tajribalari asosida amalga oshirilishi zarurligini ta’kidlab o’tdi.

N.Rasulova axborot tizimlarini ishlab chiqish bo’yicha texnik topshiriq loyihalarini amaldagi standartlarga muvofiqlashtirish, jarayonlarida ishtirok etuvchi tomonlarning vazifa va funksiyalarini aniqlashtirish bo’yicha ko’rib chiqish va takomillashtirish zaruriyati mavjudligini bildirdi.

X.Yakubov – ishlab chiqilishi rejalashtirilgan axborot tizimlarida foydalaniladigan ma’lumotlar to’plamlari bo’yicha Statistika agentligi takliflar ishlab chiqqani va ma’lumotlarni yig’ishni tashkil etishda Agentlikning siat.stat.uz tizimdan foydalanish uchun texnik yo’riqnoma ishlab chiqilgan va kelishish jarayonida ekanligi, shuningdek ko’rib chiqilgan masalalar bo’yicha takliflar ishlab chiqilayotgani va umumlashtirish uchun Qishloq xo’jaligi vazirligiga yuborilishini ma’lum qildi.

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.