Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi «Agrosanoatni raqamlashtirish markazi» xodimlari loyiha ustida qizg’in suhbat qurmoqdalar.

Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi «Agrosanoatni raqamlashtirish markazi» xodimlari loyiha ustida qizg’in suhbat qurmoqdalar.

Eslatma: Qishloq xo‘jaligini raqamli va geoaxborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassasasi 2021-yilda tashkil topgan.

Markazning asosiy vazifasi qishloq xo‘jaligida Yagona integratsion platformani ishga tushirish, elektron savdo maydonchasini yaratish, agrosanoat ishtirokchilarini maʼlumot bilan taʼminlash va ularga elektron xizmatlarni taklif etish hamda qishloq ho‘jaligi yerlaridan foydalanishda raqamli va geoaxborot tizimlarini joriy etish.

 

 

 

ASOSIY VAZIFALARI NIMADAN IBORAT?

–        Agrosanoat va oziq-ovqat sohasiga oid maʼlumotlar bazalarini yaratish;

–        Yer va suv resurslarini samarali boshqarish tizimini yaratish;

–        Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotish jarayoniga elektron tijorat amaliyotini joriy etish;

–        Agrosanoat majmui uchun maxsus dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va tatbiq etish;

–        Agrosanoat majmuidagi vazirlik, idora va tashkilotlarga interaktiv davlat xizmatlarini joriy etish;

–        «Aqlli qishloq xo‘jaligi» texnologiyalarini joriy etish uchun texnologik sharoitlar yaratish;

–        Xalqaro moliya tashkilotlari hamda davlat dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar va subsidiyalar taqdim etish jarayonlarini monitoringi axborot tizimini yuritish;

–        Fermerlarga interfaol xizmatlar orqali ularning muammolariga yechim topishga yordam beruvchi elektron tizim shakllantirish;

–        Qishloq xo‘jaligi vazirligining lokal tarmoqlariga texnik xizmat ko‘rsatish.

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.