Yong’in xavfsizligini ta’minlash — barchamizning burchimiz
📣📣Hurmatli hamyurtlar, raqamlashtirish markazi xodimlari!
🔥O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Farmoyishiga muvofiq, joriy yil 10-iyuldan 10-avgustga qadar mamlakatimizda “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha “Dolzarb 30 kun”” tadbiri o‘tkaziladi. Oylik doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarning barchasi favqulodda holatlarning oldini olishga, hamkasblarimizning tinch-osoyishta mehnat qilishlarini taʼminlashga, ularning texnika va yongʼin xavfsizligi boʼyicha bilim va koʼnikmalarini yanada boyitishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Yong’in xavfsizligi oyligi doirasida soha xodimlari tomonidan keng jamoatchilikka o’tkazilayotgan samarali targibot-tashviqot ishlarini olib borish orqali fuqarolarimizni hayoti, sog’ligi va moddiy boyliklarini asrab qolgan bolamiz. Shuning uchun sizlardan ushbu tadbirda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.