«Crop Agro» axborot tizimi qanday tizim hisoblanadi
Ekinlar to‘g‘risidagi raqamlashgan ma’lumotlardan fermerlarga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda foydalaniladi
Yerning tuproq tavsifi, suv bilan ta’minlanganligi va hududning ixtisoslashuvi ekinlarni joylashtirish, ya’ni kelgusi yil hosili uchun rejalashtirish oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilsa, mazkur ma’lumotlarni shakllantirish davlat tomonidan mahsulot yetishiruvchilarni o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlashni tashkil etish uchun foydalidir.
Avvalgi “Agroplatforma” tizimimizda paxta, boshoqli don ekinlari va meva-sabzavotchilikni moliyalashtirish uchun ishlab chiqilmoqda. Vazirlik huzuridagi “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” davlat muassassida va Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi “Yagona integrator UZINFOCOM” MChJ bilan yaqin hamkorlikda ishlab chiqilayotgan ushbu platforma kompleks moliya xizmatlarni taqdim etishga mo‘ljallangan.
Markaz mazkur platformani amaliyotga joriy etish doirasida yana bitta raqamlashtirish loyihasini joriy etmoqda. Mazkur tizim “CropAgro” AT nomini olgan bo‘lib, undan yerdan foydalanuvchilarning ekin yerlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning aniqligi va dolzarbligini oshirish bilan birga, ularning ochiqligini ta’minlash, fermer va klasterlarning ekinlarni joylashtirish bo‘yicha takliflarini ko‘rib chiqishni tashkil etishga xizmat qilish maqsadida foydalanish ko‘zda tutilgan.
Qishloq xo’jaligi yerlari foydalanuvchilaridan takliflarni qabul qilish, qishloq xo’jaligi ekinlarini elektron joylashtirish, kelishish, ma’lumot va xisobotlarni shakillantirish uchun foydalaniladigan axborot tizimi
Hozirda Qishloq xo’jaligi vazirligi hamda «Agrosanoat raqamlashtirish markazi» xodimlari joylarda ushbu tizim bo’yicha ma’lumotlar, tanishtiruv ishlari va fermerlarni qiziqtirgan savollariga javob beryaptilar.