Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish ertangi taraqqiyot demak

Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish ertangi taraqqiyot demak

Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot mamlakatimizning turli tarmoq va sohalariga jadallik bilan tatbiq etilayotgani rost. Avvallari bitta kompyuter majmuasi borligidan quvongan tashkilot, ayni kunda uning dasturiy taʼminotidan tortib bajaradigan ishiga qadar majmuaviy yondashuvni bajarmoqda demak, haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

Qishloq xo‘jaligi ham bundan istisno emas. Ayniqsa, tarmoqni rivojlantirishda, mahsulotlarni yetishtirishdan tortib, isteʼmolchiga yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonda raqamlashtirishning o‘rni katta. Yer holati, suv manbasi, ekin turlarini iqlimga qarab joylashtirish, hosildorlikni oshirish usullari, sarf va xarj-qo‘yingchi aqilli qishloq xo‘jaligi asoslarini bugun raqamlashtirishsiz tasavvur etish mushkul.

Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham ayni shu masala xususida so‘z bordi. Zamonaviy jamiyat uchun raqamli iqtisodiyot nisbatan yangi jarayondir. Davlatimiz tomonidan ham bu borada qaror amaliy ishlar olib borilmoqda. Bu sohani rivojlantirish orqali, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish, texnologik yechimlar va uskunalarni takomillashtirish, tayyor mahsulotni saqlash, sotish va yakuniy isteʼmolchilarga yetkazib berish tizimini rivojlantirishga imkon beradigan katta hajmdagi raqamlarni qayta ishlashga asoslanish demak.

Tashkil etilgan yig‘ilishda yer maydonlaridan oqilona foydalanish, suv resurslarini boshqarishni avtomatlashtirish, sohada foydalanuvchilarning malakalarni shakllantirish, elektron tijorat va elektron bozorni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi texnikalarini sinovdan o‘tkazish, subsidiyalarni ajratish kabi yo‘nalishlarga ham to‘xtalib o‘tildi. Vazir o‘z navbatida, qishloq xo‘jaligi subyektlari uchun dolzarb xizmatlar va maʼlumotlarni raqamli texnologiyalar yordamida taqdim etish, bu borada jarayonlarning shaffofligini oshirish va inson omilini kamaytirish choralarini ko‘rish, idoralararo qishloq xo‘jaligiga oid maʼlumotlarning elektron almashinuvini yo‘lga qo‘yish, shuningdek 2024 yilda amalga oshiriladigan ustuvor loyihalar va vazifalarni ko‘rib chiqib, sohada faoliyat yuritayotgan xo‘jalik subyektlariga axborot tizimlarining foydaliligini oshirish, dolzarb maʼlumot va xizmatlarni taqdim etishni kengaytirish,axborot va geoaxborot texnologiyalarini sohada qo‘llash bo‘yicha xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha masʼullarga tegishli topshiriq va vazifalar belgilab berdi.

Shu bilan birga, raqamlashtirish jarayonlaridagi mavjud muammolar va yechimlar, boshoqli don ekinlarini moliyalashtirish uchun joriy yilda foydalanishga tushirilgan «СropAgro» va «Agroplaftorma» axborot tizimlari, hamda bog‘ va tok qator oralaridan foydalanishni monitoring qilish geoportali ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqildi.
Aytish kerakki, qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish – eng avvalo sohada mashg‘ul bo‘lganlar bilan bir qatorda, agrar sohada ilmiy izlanish olib borayotganlarga ham birdek qo‘l keladi. Boisi, avvallari mavhum yoki tushunarsiz bo‘lgan ko‘pgina masalalarga oydinlik kiritiladi. Ochiq maʼlumotlar taqdim etilishi orqali foydalanuvchilar elektron platformaning afzalliklari va qulayliklaridan o‘zlari, hech kimning yordamisiz foydalanishlari mumkin bo‘ladi. O‘zgarib boruvchi bozor talablari va ayni kundagi mahsulot yetishtirish bilan bog‘liq barcha yangiliklar ayni platformalardan o‘rin oladi.

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.