logo-grreen
O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risiga”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida

O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risiga”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida

O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risiga”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida 2023-yil 21-avgustdagi O‘RQ-864-son hamda “Yer to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2023-yil 23-oktyabrdagi O‘RQ-871-son Qonunlarning mazmuni va mohiyati to‘g‘risida.

O‘zbekiston Respublikasining “Veterinariya to‘g‘risiga”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirishlar kiritish haqida 2023-yil 21-avgustdagi O‘RQ-864-son Qonuni qabul qilingan. “Veterinariya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga  Davlat veterinariya xizmati tarkibiy bo‘linmalaridan birining nomini aniqlashtiruvchi, shuningdek veterinariya nazorati ob‘yektlariga moneliksiz kirish yuzasidan bosh davlat veterinariya inspektorlarining, ular o‘rinbosarlarining va davlat veterinariya inspektorlarining vakolatlarini qisqartiruvchi o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda.

2023-yil 23-oktyabrda O‘zbekiston Respublikasining “Yer to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-871-son Qonuni qabul qilindi.

Mazkur Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga, O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga servitut to‘g‘risidagi shartnomaga, servitut ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga, servitutni o‘zgartirish va uni bekor qilish, servitut uchun haq to‘lash, ommaviy servitutni belgilash qoidalariga doir qo‘shimchalar kiritilmoqda.

  Ma`lumot uchun: O‘zganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (servitut) — ko‘chmas mulk (yer uchastkasi, boshqa ko‘chmas mulk) egasining qo‘shni yer uchastkasidan, zarur hollarda esa boshqa yer uchastkasidan ham cheklangan tarzda foydalanish huquqidir.

Servitut quyidagi maqsadlarda belgilanishi mumkin:

o‘zganing yer uchastkasi orqali piyoda yoki transportda o‘tish;

o‘zganing yer uchastkasida drenaj ishlari o‘tkazish;

o‘zganing yer uchastkasidan elektr uzatish, aloqa liniyalari va truboprovodlar, irrigatsiya, muhandislik va boshqa liniyalar hamda tarmoqlar o‘tkazish va ulardan foydalanish;

o‘zganing yer uchastkasidan ekinzorlarni va qishloq xo‘jaligi hayvonlarini sug‘orish uchun suv olish;

qishloq xo‘jaligi hayvonlarini o‘zganing yer uchastkasi orqali haydab o‘tish;

o‘zganing yer uchastkasida ihota daraxtlari ekish va tabiatni muhofaza qilishga taalluqli boshqa obyektlar barpo etish.

Servitut boshqa maqsadlarda ham belgilanishi mumkin.

Servitut, uni belgilashni talab qilgan shaxslar bilan o‘zga yer uchastkasining egalik qiluvchisi, foydalanuvchisi, ijarachisi va mulkdori o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, sud qaroriga binoan belgilanadi.

Jamoat ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan hollarda servitut ushbu Kodeksga muvofiq viloyat va Toshkent shahar hokimi tomonidan ham belgilanishi mumkin (ommaviy servitut).

Servitut to‘g‘risidagi shartnoma davlat ro‘yxatiga olinishi lozim va u yer uchastkasi boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda ham saqlanib qolinadi. Servitut to‘g‘risidagi shartnoma uni belgilashga sabab bo‘lgan asoslar o‘z ahamiyatini yo‘qotgan taqdirda, bekor qilinishi mumkin.

 

Bundan tashqari ijara munosabatlarining obyektiga bo‘lgan huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) tartibi belgilanmoqda, yer uchastkalarini ijaraga berish tartibi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning erga bo‘lgan mulk huquqini bekor qilish asoslari aniqlashtirilmoqda.

Ushbu Qonunga asosan quyidagi Qonunlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi,  jumladan:

O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Ijara to‘g‘risida”gi 427-XII-sonli Qonuniga quyidagi o’zgartirishlar kiritildi:

“Ijara munosabatlarining ob‘yektlari bo‘yicha huquq va majburiyatlar ijaraga beruvchining roziligi bilan ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari bo‘yicha huquq va majburiyatlar faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda, ushbu obyekt bilan birga mazkur obyekt band etgan hamda undan foydalanish uchun zarur bo‘lgan yer uchastkasi ijarasiga doir huquq va majburiyatlar ham qonunga muvofiq boshqa shaxsga o‘tadi, bunda ijaraga beruvchining roziligi talab etilmaydi.

Qonunda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy va yuridik shaxslar ijaraga olingan yer uchastkalariga nisbatan huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga ijara muddatidan oshmagan muddatga o‘tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin. Bunda ijara shartnomasi bo‘yicha huquq va majburiyatlar yangi ijaraga oluvchiga o‘tadi”.

Mazkur Qonunining 18-moddasiga kiritilgan o‘zgarishga ko‘ra, Ijarachi ijaraga olingan mulkni ijaraga beruvchining roziligi bilan to‘la yoki qisman sotib olishi mumkin, bundan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar va boshqa tabiiy resurslar mustasno.

O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga kiritilgan qo ‘shimchaga binoan Viloyatlar, Toshkent shahar davlat hokimiyati organlarining vakolatiga jamoat ehtiyojlari uchun ommaviy servitut belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilish berildi.

Chet ellik fuqarolar va yuridik shaxslar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar yer uchastkalariga faqat ijara huquqi asosida ega bo‘lishi mumkin, bundan Yer Kodeksining 18-moddasida ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Yuridik va jismoniy shaxslar o‘ziga doimiy foydalanish (egalik qilish), ijara yoki meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida tegishli bo‘lgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda xususiylashtirishga haqli.

Yer kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, davlat organlari, muassasalari va korxonalariga doimiy foydalanish huquqi asosida berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar davlat-xususiy sheriklik asosida ijaraga berilishi mumkin. Bunda qishloq xo‘jaligi oborotidan chiqib ketgan sug‘oriladigan yerlar va lalmi yerlar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga hamda qishloq xo‘jaligi korxonalariga uch yildan kam bo‘lmagan va qirq to‘qqiz yildan oshmaydigan muddatga ijaraga beriladi.

O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksining
81-moddasiga  
quyidagi mazmundagi qo‘shimchalar kiritildi:

“Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda servitutlar binolar va inshootlar mulkdorlarining manfaatlarini quyidagi maqsadlarda o‘zga shaxsning yer uchastkasidan foydalanish huquqini cheklamasdan ta’minlash mumkin bo‘lmagan hollarda belgilanadi:

-binolar va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish hamda ta’mirlash;

-muhandislik infratuzilmasi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va foydalanishga topshirish;

-hududlarda suv toshqinlari va boshqa tabiiy ofatlarning oldini olishga qaratilgan ishlarni olib borish;

-o‘zganing yer uchastkasi orqali kesib o‘tish;

-binolar va inshootlar egalarining boshqa ehtiyojlari”.

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.