Navro’z ayyomingiz muborak bo’lsin!

Navro’z ayyomingiz muborak bo’lsin!

Aziz yurtdoshlar va qadrli hamkasblar!

“Agrasanoat raqamlashtirish markazi” MChJ xodimlari sizlarni ezgulik, nafosat, yasharish, yangilanish, mehr-oqibat ayomi boʻlmish Navroʻz umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz. Ushbu kunda Sizlarni quvonch va shodlik tark etmasin! Oilangizga baxtu saodat, xonadonlaringizdan tinchlik-xotirjamlik va fayzu baraka arimasin!

Navroʻz xalqimizning eng sevimli bayramlaridan biri hisoblanadi. Chin maʼnoda bahor bayrami. Bunda dasturxonlar noz-neʼmatlarga toʻlib toshadi, deyarli har bir oʻzbek xonadonida doshqozonlarda sumalak qaynaydi. Yoshlarni aytmaysizmi, qizlar sochlariga jamalak taqishadi, bolalar va yigitchalar esa qoʻlga varrakni olib qir-adirlarga yugurib ketishadi.

O’zbekiston mustaqillikka erishgach, o’zbek xalqining qadimiy urf-odatlari va ana’nalari kuchga kirdi, jumladan Navro’z bayramini nishonlash o’ziga xos tusga ega bo’ldi. Bu bayram barcha xalqlarning do’stlik va birlik ramziga ega bo’lgan umumxalq bayramidir.

 

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.