«Yong’in xavfsizligi oyiligi» doirasida profilaktik tadbir o’tkazildi

«Yong’in xavfsizligi oyiligi» doirasida profilaktik tadbir o’tkazildi

Barchamizga ma’lumki, respublikamizda 2023-yil 15-noyabr kunidan – 15-dekabr kuniga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” e’lon qilindi. Mazkur oylik doirasida Soha mutaxassislari tomonidan ko‘p qavatli aholi turar joylarida, ijtimoiy soha obe’ektlarida, jamoatchilik muassasalarida va ishlab chiqarish sanoat va korxonalarida fuqarolar va keng jamoatchilik ishtirokida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, gaz va havo aralashmasidan yuzaga kelishi xavfi bo‘lgan chaqnashlar, fuqarolarimizni is gazidan zaharlanishini va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan turli uchrashuvlar, seminarlar, davra suhbatlari va yong‘in-taktik o‘quv mashq va mashg‘ulotlari samarali o‘tkazilib kelinmoqda.

Jumladan, joriy yilning 30-noyabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi harbiy xizmatchilari hamda tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mas’ullari bilan hamkorlikda Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan O’zbekiston Respublikasi Qishloq xo’jaligi vazirligi, «Agrasanoat raqamlashtirish markazi» MCHJ hamda «Toshkent Davlat Agrar Universiteti» birgalikda profilaktik tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi, Qibray tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi harbiy xizmatchilari, tez tibbiy yordam xodimlari, kommunal korxona-tashkilotlari vakillari va keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.