Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi xo‘jaliklarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan “Agroplatforma” axborot tizimi!

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi xo‘jaliklarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan “Agroplatforma” axborot tizimi!

Mazkur axborot tizimining joriy etilishi orqali ekin ekishdan boshlab hosil yig‘ib (terib) olingungacha bo‘lgan zanjirda amalga oshiriladigan barcha agrotexnik tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yuritish, elektron tizim yordamida qog‘oz ko‘rinishidagi hujjat almashuvidan voz kechish amaliyoti yo‘lga qo‘yilmoqda.
Bunda, yaratilayotgan tizimdan qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiruvchilar uchun imtiyozli kreditlarni qulay tarzda ajratish, fermer va klaster xo‘jaliklari o‘rtasida fyuchers hamda don korxonalari o‘rtasida don-oldi sotdi shartnomalarini imzolash, xavf-xatarlarni sug‘urtalash, shartnomalarni elektron rasmiylashtirish, buyurtnomalarni shakillantirish, texnikalarni lizingga olishda foydalaniladi, shuningdek moliyalashtirish jarayonlarining shaffofligi oshiriladi.
Tijorat banklari, sug‘urta kompaniyalari, kadastr, soliq, adliya organlari, “Elektron hukumati” kabi qator idora, tashkilotlarning ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlari bilan integrasiya qilingan “Agroplatforma” axborot tizimi hozirda Respublikamizning barcha viloyat hamda tumanlarida faoliyat olib bormoqda.

Ko’mak zarurmi-murojaat qiling va yaqinlaringizga etkazing!

Biz bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali va to’g’ridan-to’g’ri muloqot qiling!

Batafsil…

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.