Inson qoni qo‘shilgan akkumulyator
Argentinalik olimlar elektrokimyoviy reaksiya uchun katalizator sifatida inson qoni gemoglobinidan foydalangan holda birinchi turdagi akkumulyator prototipini yaratdilar.
Gemoglobin qizil qon hujayralarida mavjud bo‘lgan oqsildir. U kislorodni o‘pkadan tananing turli to‘qimalariga tashish va karbonat angidridni teskari yo‘nalishda tashish uchun javobgar.
Tadqiqot guruhi zararsiz rux-havo batareyasini ishlab chiqdi, unda qon moddasi kislorodni kamaytirish reaksiyasini tezlashtiradi. Reaksiya jarayonida kislorod suvga aylanadi va elektronlarni chiqaradi.
Tajribada 0,165 milligramm gemoglobinga ega prototip qurilma 20-30 kun ishladi. Bunday batareyalar atrof-muhitning noqulay sharoitlariga chidamliroq va biomoslashuvchan bo‘lib, yurak stimulyatori va tanaga joylashtirilgan boshqa qurilmalarda xavfsiz ishlatish imkonini beradi.
Olimlarning ta’kidlashicha, kelajakda batareyalar uchun gemoglobinni har qanday sut emizuvchilarning qonidan olish mumkin. Hozircha ixtironing asosiy kamchiligi bunday batareyalarni quvvatlantirishning imkoni yo‘qligidir.
Manba:Gazeta.uz