Sug’orish texnologiyalari uchun subsidiya
Sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini qoplash uchun, jumladan, tomchilatib sug‘oriladigan ekin maydonining har bir gektariga quyidagi miqdorda subsidiyalar beriladi:
• paxta maydonlari uchun — 8 mln so‘m (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi paxta maydonlarida joriy etilgan tomchilatib sug‘orish tizimlari uchun 12 mln so‘m);
• sabzavot ekinlari va kartoshka ekin maydonlari uchun — 1,5 mln so‘m;
• poliz ekinlari maydonlari uchun — 1,3 mln so‘m;
• ozuqabop, moyli, dukkakli ekinlar va dorivor o‘simliklar uchun — 2,5 mln so‘m;
• mevali ekinlar uchun — 6 mln so‘m;
• uzum maydonlari uchun — 8 mln so‘m.
Subsidiya mablag‘lari, hisob-kitob qilingan summaning:
• 50 foizi tizim joriy qilingan yili ajratiladi;
• 50 foizi kelgusi yili hosildorlik oshishi va uskunalarning ishlatilishiga qarab ajratiladi;
• qo‘shimcha 20 foizi uchinchi yilda joriy qilingan tizimni ishlatgan holda yuqori hosildorlikni saqlab qolgan paxta, g‘alla va meva-sabzavot klasterlariga to‘lab beriladi.
Subsidiya mablag‘lari joriy qilingan suvni tejaydigan sug‘orish tizimlari kamida 5-yil ishlatilishi sharti bilan ajratiladi.
Suvni tejaydigan texnologiyalar joriy qilingan yer maydonlari kamida 5-yil mobaynida maqbullashtirilmaydi, yer uchastkasi yoki uning bir qismi davlat va jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilishiga yerdan foydalanuvchi roziligi asosida sarf etilgan mablag‘larning o‘rni to‘liq qoplanganidan so‘nggina ruxsat etiladi.