logo-grreen
Agrasanoatni raqamlashtirish markazi va AMUDARYO ilmiy-tadqiqot guruhi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Agrasanoatni raqamlashtirish markazi va AMUDARYO ilmiy-tadqiqot guruhi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun “Agrasanoatni raqamlashtirish markazi” MChJ direktori Utkir Maxmudov boshchiligida AMUDARYO ilmiy-tadqiqot guruhi vakillari bilan amaliy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv doirasida har ikki taraf o‘z loyihalari bilan fikr-mulohaza almashdilar.

Eslatma: AMUDARYO IoT (Internet of Things) ga asoslangan agro-texnologik yechimlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot guruhi sanaladi.

Qishloq xo‘jaligi sub’yektlari uchun “OXUS-VS” avtomatik agro-meteostansiyasi, “JayhunTrap” aqlli feromon tuzoq tizimi, issiqxona monitoringi uchun “GozanLink System” kabi bir nechta yechimlarni ishlab chiqqan.

Onlayn platforma barcha stansiyalardan olingan maʼlumotlarni sunʼiy intellekt asosida tahlil qiladi va zararkunandalar va kasalliklarning paydo bo’lish xavfini monitoring qilish imkonini beradi.

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.