logo-grreen
Agrosubsidiya-qorako’lchilikka ko’mak

Agrosubsidiya-qorako’lchilikka ko’mak

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 368-son qaroriga muvofiq «Agrosubsidiya» axborot tizimida qorako‘lchilik bo‘yicha subsidiyalash xizmatlari joriy qilingan.

Qorako‘lchilik subyektlariga ular tomonidan eksport qilingan qorako‘l va qorako‘lcha teri uchun subsidiyaga ariza yuborish imkonlari mavjud. Bunda respublika byudjetidan bir martalik subsidiya berilishi belgilangan.

Qorako‘lchilik subyektlarida yetishtirilib, eksport qilingan har bir dona qorako‘l va qorako‘lcha teri uchun subsidiya ajratilishi belgilangan.

Shuningdek, qorako‘lchilik klasterlariga suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilishga sarflangan xarajatlar uchun subsidiyaga ariza yuborish mumkin bo‘ladi. Bunda yaylov yerlarida suv inshootlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilishni amalga oshirgan qorako‘lchilik klasterlariga har moliya yilida keyingi moliya yiliga qadar Respublika byudjetidan 120 mln so‘mgacha bir martalik subsidiya beriladi.

Mazkur xizmatlar bo‘yicha arizalar Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi.

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.