“Agroplatforma” axborot tizimi haqida e’lon

“Agroplatforma” axborot tizimi haqida e’lon

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 2-avgustdagi PQ-257-son qaroriga asosan, 2023-yil 1-sentabrdan boshlab, paxta, boshoqli don, meva-sabzavotlar yetishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga shaffoflik tamoyili asosida xizmat ko‘rsatish maqsadida “Agroplatforma” (“agroplatforma.uz”) axborot tizimi ishga tushirilgan.

Mazkur qaror va tegishli normativ hujjatlarga asosan, “Agroplatforma” axborot tizimi foydalanuvchilardan abonent to‘lovi evaziga tizimni 24/7 uzliksiz rejimda ishlashini ta’minlash, joriy va kelgusida texnik-qo‘llab quvvatlash, takomillashtirib borish xizmatlarini tijoratlashtirish ko‘zda tutilgan.

Shu munosabat bilan, joriy yilning 1-avgust sanasidan boshlab “Agroplatforma” axborot tizimidan foydalanish uchun pullik xizmat ko‘rsatish asosida ish olib borishni ma’lum qilamiz.

Ta’rif to‘lovlari bo‘yicha ma’lumotlarni “Agroplatforma” axborot tizimida hamda tizimga joylashtirilgan Ommaviy ofertadan olishingiz yoki “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MChJning Call-markazi (71) 206-70-07 raqamlari orqali bilib olishingiz mumkin.

Ma’lumot o‘rnida, tizim 3 yil davomida ishlab chiqilgan bo‘lib, 1 yil davomida Respublika miqyosida to‘liq aprobatsiyadan o‘tkazildi.

Add a Comment

Your email address will not be published.