Mamlakatimiz bo‘ylab 1-iyuldan 1-avgust kuniga qadar “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida “Dolzarb  30 kun”  tadbiri o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz

Tadbirda  ishchi-xodimlarga  yong‘inlar va turli  xildagi  favqulodda  vaziyatlarning  kelib  chiqishi va bunday hollarda qanday harakatlarni  amalga  oshirish lozimligi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar berilib, yo‘l-yo‘riqlar  ko‘rsatilmoqda. Shuningdek,  tadbir  davomida  ishchi-xodimlarning  bilim  va  ko‘nikmalarini  oshirish maqsadida  yong‘in  o‘chirish  mashg‘uloti  o‘tkazilib, sohada  qo‘llanilayotgan  texnikalar  va ularning  imkoniyatlari  namoyish  etilmoqda.

Shuningdek  ishchi-xodimlarga  sanoat  va texnika  xavfsizligi  qoidalariga  rioya   etish  bo‘yicha  yana  bir bor  eslatmalar  berib  o‘tilmoqda. Eslatib o‘tamiz, “Yong‘in xavfsizligi oyligi”ni namunali va xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.