Axborot tizimini joriy etish yuzasidan texnik hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Axborot tizimini joriy etish yuzasidan texnik hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Agrosanoatni Raqamlashtirish markazi” MChJda vazirlik va markaz mutasaddilarining AQSh va Niderlandiya hamkorligida tashkil etilgan “6th Grain Corporation and Right Click Solutions B.V.” kompaniyasi bosh ilmiy xodimi Molli Braun boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari bilan uchrashuvi o‘tkazildi.


Unda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish maqsadida o‘zaro tajriba almashish va birgalikda amalga oshirilayotgan “Masofadan zondlash texnologiyalariga asoslangan yer resurslarini boshqarish” axborot tizimini joriy etish loyihasi bo‘yicha texnik hamkorlikni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.


Muloqotda ushbu axborot tizimining amaliyotga tadbiq etilishi qishloq xo‘jaligi yerlarini masofadan boshqarishning afzalliklari va har bir dala maydonlar konturini kosmik sur’atlar orqali yuqori aniqlikda boshqarishning o‘ziga xos jihatlariga alohida to‘xtalib o‘tildi.


Muloqot davomida Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda Raqamlashtirish borasida jiddiy yangiliklar kiritilib, har bir yo‘nalishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda 10dan ortiq axborot tizimlari ishlab chiqilgani, jumladan, qishloq xo‘jaligi subyektlariga qulayliklar yaratib kelayotgan Agrosubsidiya, Agroplatforma, Geoaxborot tizimi, Ye-ijara, CropAgro, AGROBI axborot tizimlari haqida ma’lumot berildi.


Shuningdek, muloqotda ikki tomon mutaxassislari “Masofadan zondlash texnologiyalariga asoslangan yer resurslarini boshqarish” axborot tizimining konsepsiyasini ishlab chiqish yuzasidan texnik hamkorlik masalalari haqida kelishib olishdi.


Ma’lumot uchun: Davlatimiz rahbari qarori bilan Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan yer va suv resurslarini boshqarish boyicha axborot tizimlarini joriy etish topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida mazkur axborot tizimlarini joriy etish uchun Jahon banki ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida Axborot tizimlarini ishlab chiquvchi kompaniyalarni aniqlash bo‘yicha tender savdolari Jahon banki talablari asosida amalga oshirilgan. Jumladan “Masofadan zondlash texnologiyalariga asoslangan yer resurslarini boshqarish” axborot tizimini joriy etish loyihasi bo‘yicha “6th Grain Corporation and Right Click Solutions B.V.” kompaniyasi g‘olib deb topilib, loyihani amalga ishirish bo‘yicha shartnoma imzolangan edi.

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.