O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 21-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2024-yil 10-iyulda ma’qullangan

Keyingi yillarda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan va suv resurslaridan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining hajmlarini oshirish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ikkilamchi ijaraga berish imkoniyatlarini kengaytirish, pillachilik va tutchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga, agrosanoat klasterlariga va boshqa yuridik shaxslarga yer uchastkalari ajratilishining huquqiy asoslarini belgilash, shuningdek yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan yerlardan foydalanish shartlarini qayta ko‘rib chiqish zaruriyati mavjuddir.

Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga hamda “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlari o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi mumkinligini, shuningdek yer egalari, yerdan foydalanuvchilar va ijarachilar tomonidan mazkur yer uchastkalarida hamda bog‘lar va tokzorlarning qator oralariga maqbul ekinlar ekilishini yoki tut ko‘chatlari o‘tqazilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga pillachilik va tutchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklariga, agrosanoat klasterlariga va boshqa yuridik shaxslarga maydoni o‘n gektargacha bo‘lgan yer uchastkalari ajratilishi mumkinligi to‘g‘risidagi qo‘shimcha kiritilmoqda.

Shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi organlarining ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga doir vakolatlari belgilanmoqda.

Ushbu Qonun yer uchastkalaridan samarali foydalanish hamda pillachilik va tutchilikni yanada rivojlantirish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish imkoniyatlarini kengaytirishga, shuningdek yer uchastkalaridan va suv resurslaridan foydalanishda qonun ustuvorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189, 192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 462, 468, 470, 472, 474-moddalar; 2010-yil, № 5, 175, 179-moddalar, № 6, 231-modda, № 9, 335, 339, 341-moddalar, № 10, 380-modda, № 12, 468, 473, 474-moddalar; 2011-yil, № 1, 1-modda, № 4, 104, 105-moddalar, № 9, 247, 252-moddalar, № 12/2, 365-modda; 2012-yil, № 4, 108-modda, № 9/1, 242-modda, № 12, 336-modda; 2013-yil, № 4, 98-modda, № 10, 263-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 5, 130-modda, № 9, 244-modda, № 12, 341, 343-moddalar; 2015-yil, № 6, 228-modda, № 8, 310, 312-moddalar, № 12, 452-modda; 2016-yil, № 1, 2-modda, № 4, 125-modda, № 9, 276-modda, № 12, 383, 385-moddalar; 2017-yil, № 4, 137-modda, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda, № 10, 605-modda; 2018-yil, № 1, 1, 4, 5-moddalar, № 4, 224-modda, № 7, 430, 431, 432-moddalar, № 10, 671, 673, 679-moddalar; 2019-yil, № 1, 1, 3, 5-moddalar, № 2, 47-modda, № 3, 161, 165, 166-moddalar, № 5, 259, 261, 267, 268-moddalar, № 7, 386-modda, № 8, 469, 471-moddalar, № 9, 591, 592-moddalar, № 10, 674, 676-moddalar, № 11, 787, 791-moddalar, № 12, 880, 891-moddalar; 2020-yil, № 1, 4-modda, № 3, 203, 204-moddalar, № 7, 449-modda, № 9, 539, 540-moddalar, № 10, 593, 596-moddalar, № 11, 651-modda, № 12, 691-modda; 2021-yil, № 1, 5, 7, 12, 13, 14-moddalar, № 2, 142-modda, № 3, 217-modda, № 4, 290, 293-moddalar, 4-songa ilova, № 8, 800, 802, 803-moddalar, № 9, 903-modda, № 10, 966, 967, 968, 973-moddalar, № 11, 1066-modda; 2022-yil, № 1, 1, 2-moddalar, № 2, 80, 81-moddalar, № 3, 215, 216-moddalar, № 4, 337-modda, № 5, 464, 465, 466, 467-moddalar, № 8, 787-modda, № 10, 981, 984-moddalar, № 12, 1188-modda; 2023-yil, № 3, 184, 185, 188, 189-moddalar, № 4, 265, 266, 268-moddalar, № 5, 319, 320-moddalar, № 7, 533, 534, 535, 537, 539-moddalar, № 8, 634-modda, № 10, 798-modda, № 11, 921, 923, 924-moddalar, № 12, 1004-modda; 2024-yil, № 1, 5, 7, 8, 9-moddalar, № 2, 102, 111, 115, 116-moddalar, № 3, 243, 245-moddalar) quyidagi o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin:

1) 2457-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“2457-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlari

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeksning 65, 68-moddalarida (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga oid qismi), 69-moddasida (qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning chegara belgilariga oid qismi), 87-moddasida (qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilishi texnikasiga oid qismi), 89 va 891-moddalarida (qishloq va suv xo‘jaligiga oid qismi), 1041, 1042, 112-moddalarida, 125-moddasining beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlarida, 135, 139, 140, 141-moddalarida (qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilishi texnikasiga oid qismi), 200, 212, 213, 214, 22714-moddalarida (qishloq xo‘jaligiga oid qismi) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazolarni qo‘llashga Inspeksiya boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari, Inspeksiya hududiy boshqarmalarining hamda Inspeksiya tumanlar (Quvasoy shahar) bo‘limlarining boshliqlari va boshliq o‘rinbosarlari haqlidir”;

2) quyidagi mazmundagi 24511-modda bilan to‘ldirilsin:

“24511-modda. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi organlari

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi organlariga ushbu Kodeks 74-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlarida, 75, 76-moddalarida (sun’iy suv obyektlaridan va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan foydalanishga oid qismi) nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini va suvdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazolarni qo‘llashga Inspeksiya boshlig‘i va uning o‘rinbosarlari, Inspeksiyaning bo‘lim boshliqlari, Inspeksiya hududiy boshqarmalarining boshliqlari hamda ularning bo‘lim boshliqlari haqlidir”;

3) 2 662-modda chiqarib tashlansin.

2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 161-modda, № 4, 199-modda, № 8, 469-modda, № 11, 792-modda; 2020-yil, № 9, 540-modda; 2021-yil, № 1, 3-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda; 2022-yil, № 6, 570, 577-moddalar; 2023-yil, № 10, 795-modda, № 11, 919-modda) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 242-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi bir yilgacha bo‘lgan muddatga, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlari esa qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish uchun o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno”;

2) 40-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 11 va 12-bandlar bilan to‘ldirilsin:

“11) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarida maqbul ekinlar ekilishini yoki tut ko‘chatlari o‘tqazilishini ta’minlash;

12) asosiy ekinlarning rivojlanishiga salbiy ta’siri bo‘lmagan hollarda bog‘lar va tokzorlarning qator oralariga daromad keltirishi mumkin bo‘lgan maqbul ekinlar ekilishini ta’minlash”;

3) 461-modda:

2-bandining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“g‘allachilikka, sabzavotchilikka, pillachilik va tutchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 10 gektar”;

3-bandi quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

“pillachilik va tutchilikka ixtisoslashganlarga — kamida 10 gektar”.

3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 602-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan 662-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 162-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 4, 199-modda, № 12, 886-modda; 2020-yil, № 1, 2-modda, № 9, 540-modda, № 11, 652-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin:

1) 13-modda:

uchinchi qismi “yuridik va jismoniy shaxslarga bir yilgacha bo‘lgan muddatga ikkilamchi ijaraga berilishi (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) mumkin” degan so‘zlardan keyin “bundan ushbu moddaning to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“Fermer xo‘jaligiga berilgan yer uchastkasining dala chetlaridagi kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlari yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish uchun o‘n yilgacha bo‘lgan muddatga qonunchilikka muvofiq ikkilamchi ijaraga (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) berilishi mumkin”;

to‘rtinchi — o‘n birinchi qismlari tegishincha beshinchi — o‘n ikkinchi qismlar deb hisoblansin;

2) 16-moddaning birinchi qismi:

quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

“yer uchastkasining dala chetlaridagi kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarini yuridik va jismoniy shaxslarga qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish uchun qonunchilikka muvofiq ikkilamchi ijaraga (uchinchi shaxslarga berish huquqisiz) berish”;

to‘rtinchi — o‘n sakkizinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — o‘n to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;

3) 17-moddaning birinchi qismi:

quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilsin:

“qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarining dala chetlaridagi kanallar, sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlari atrofidagi maydonlarida maqbul ekinlar ekilishini yoki tut ko‘chatlari o‘tqazilishini ta’minlashi;

asosiy ekinlarning rivojlanishiga salbiy ta’siri bo‘lmagan hollarda bog‘lar va tokzorlarning qator oralariga daromad keltirishi mumkin bo‘lgan maqbul ekinlar ekilishini ta’minlashi”;

uchinchi — o‘n oltinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — o‘n sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.

4-modda. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

5-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

6-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.