Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish borasida yangi hamkorlik

Qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish borasida yangi hamkorlik

Bugun Tojikiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi delegatsiyasi vakillari qishloq xo’jaligi sohasini raqamlashtirish borasida O’zbekiston tajribasini Tojikistonda joriy etish borasida Qishloq xo’jaligi vazirligi hamda Agrosanoatni raqamlashtirish markaziga tashrif buyurishdi.

Dastavval Qishloq xo’jaligi vazirligiga tashrif buyurgan Tojikiston delegatsiyasi vakillari Agrosanoatni raqamlashtirish markazi faoliyati bilan ham tanishsih maqsadida markazga tashrif buyurdi. Birinchi navbatda ularga markaz faoliyati tanishtirib o‘tildi. Xususan, markazning tashkil etilishi, uning strukturasi, bugungi kunga qadar amalga oshirgan ishlari hamda loyihalari batafsil tushuntirib o‘tildi.

Muloqot davomida qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda raqamlashtirish borasida jiddiy yangiliklar kiritilib, har bir yo‘nalishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda  10 dan ortiq axborot tizimlari ishlab chiqilgani, jumladan, qishloq xo‘jaligi subyektlariga qulayliklar yaratib kelayotgan Agrosubsidiya, Agroplatforma, Geoaxborot tizimi, E-ijara, CropAgro, AGROBI axborot tizimlari haqida ma’lumot berildi.

 

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.