“Coursera”ning Global Skills (ko‘nikmalar) hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston mehnat bozori uchun zaruriy ko‘nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlashga eng ko‘p sarmoya kiritayotgan mamlakat etib belgilangan – batafsil ma’lumot shu yerda.

Bugungi kunda, “Coursera” platfromasining 1,4 million O‘zbekistonlik tinglovchisi bo‘lib, uning 50 foizini ayollar tashkil etadi.

Foydalanuvchilarning 90 foiz o‘quvchi va talabalar ulushiga to‘g‘ri keladi.

2024-yilda platformaning professional IT-sertifikat kurslarida o‘qish ko‘rsatikichi 206 foizga oshgan.

TOP Professional sertifikatlar:

– Data Analytics;

– Cybersecurity;

– Project Management;

– Digital Marketing & E-commerce

– UX Design

Eslatib o‘tamiz, agar Sizda B2 va undan yuqori chet tili sertifikatingiz bo‘lsa, Xalqaro darajadagi professional IT-sertifikat uchun o‘qish hamda sertifikat olish xarajatlaringiz to‘liq 100% miqdori davlat tomonidan qoplanadi.