O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI
O‘simliklarni himoya qilish sohasidagi litsenziyalash va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish bilan bog‘liq ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasining “O‘simliklarni himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 9-yanvardagi PF-8-son Farmoni hamda “Respublikada kimyo sanoati mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini kengaytirishda mahalliy tadbirkorlarni keng jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 11-yanvardagi PQ-17-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
- Quyidagilar:
- a) Mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish uchun ruxsatnoma olish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovagamuvofiq;
- b) Mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishda ko‘rikdan o‘tkazish, o‘rganish va tahlil qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovagamuvofiq;
- v) Mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni muomaladan chiqarish hamda yo‘q qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovagamuvofiq tasdiqlansin.
- Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona nizomga4-ilovagamuvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritilsin:
o‘simliklarni himoya qilish sohasidagi litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni jismoniy hamda yuridik shaxslarning murojaatlariga asosan maxsus elektron tizim orqali rasmiylashtirish;
mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyalash pasportini tasdiqlash.
- O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi bilan birgalikda 2024-yil 1-oktabrga qadar mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning O‘zbekiston Respublikasi hududida aylanmasini va bu boradagi xalqaro tajribani tahlil qilib, Majburiy raqamli markirovkalash joriy etiladigan hamda tajriba loyihalari amalga oshiriladigan ayrim turdagi mahsulotlar ro‘yxatiga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
- O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda ikki oy muddatda o‘simliklarni himoya qilish sohasidagi xavf-xatarlarni tahlil qilib, xavflarni boshqarishga asoslangan tanlab olishning avtomatlashtirilgan mexanizmini shakllantirsin va amaliyotga joriy etilishini ta’minlasin.
- O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
- Ushbu qarorning 1-2-bandlarimazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi.
- Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri o‘rinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni olib kirish uchun ruxsatnoma olish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
- Mazkur Nizom mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish uchun ruxsatnoma berish tartibini belgilaydi.
- Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
AAT — Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
ruxsatnoma — mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalar (keyingi o‘rinlarda — mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalar)ni mazkur Nizomda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishga ruxsat berilganligini tasdiqlovchi hujjat;
talabgor — mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish uchun ruxsatnoma olish maqsadida murojaat qilgan jismoniy va yuridik shaxs.
- Ruxsatnoma Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) tomonidan beriladi.
- Ruxsatnoma talab etiladigan mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalarning ro‘yxati mazkur Nizomga 1-ilovagamuvofiq belgilanadi.
Mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalar O‘zbekiston Respublikasi hududiga Mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega yoki o‘z ehtiyojlari uchun ishlatadigan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan olib kiriladi.
Mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalarni o‘z ehtiyojlari uchun olib kirgan jismoniy va yuridik shaxslar ulardan o‘zlariga tegishli yer maydonlarida o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalanadilar. Bunda, ular bilan ulgurji yoki chakana savdo amalga oshirilishi taqiqlanadi.
- Jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ruxsatnomada belgilangan talab va shartlarga rioya etilishi Agentlik va Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar hamda Toshkent shahar O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda — hududiy bo‘linmalar) tomonidan nazorat qilinadi.
- Ruxsatnoma O‘zbekiston Respublikasi hududiga xorijiy mamlakatlardan sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalarni, shuningdek, ularning g‘ayriqonuniy nusxalarini olib kirishdan muhofaza etish maqsadida beriladi.
- Agentlik talabgorlar tomonidan ruxsatnoma olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni rasmiy veb-saytiga, “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi hamda AATga joylashtiradi.
- Ruxsatnoma ushbu Nizomga 2-ilovagamuvofiq sxema bo‘yicha beriladi.
2-bob. Ruxsatnomani berishga oid talablar va shartlar
- Quyidagilar ruxsat berishga oid talablar va shartlar hisoblanadi:
ushbu Nizomning 3-ilovasi bilan tasdiqlangan pasport (keyingi o‘rinlarda — Pasport)ning 9-bandida keltirilgan talablar va shartlarga rioya etilishi shartligi hamda ularni bajarish bo‘yicha majburiyatni o‘z zimmasiga olish;
ruxsatnomani olish, qayta rasmiylashtirish va muddatini uzaytirish uchun taqdim etiladigan ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash;
yuridik shaxs bo‘lgan talabgorning nomi, yuridik manzili o‘zgarganligi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng yoki filial va vakolatxona ochilgandan so‘ng vakolatli organga o‘n ish kuni ichida “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi yoki AATdagi shaxsiy kabineti orqali murojaat qilish;
jismoniy shaxs bo‘lgan talabgorning unga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi haqida berilgan guvohnomada ko‘rsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat ko‘rsatadigan joyi o‘zgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti qayta ro‘yxatdan o‘tgandan keyin besh ish kunida “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi yoki AAT orqali murojaat qilish.
Pasportning 9-bandida ushbu bandga qo‘shimcha ravishda mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalarni olib kirish faoliyatini amalga oshirish (harakatlarni bajarish) uchun alohida talab va shartlar belgilanadi.
3-bob. Ruxsatnoma olish uchun ariza berish va uni ko‘rib chiqish tartibi
- Talabgor yoki uning nomidan ish yuritish vakolatiga ega bo‘lgan shaxslar elektron raqamli imzosidan (keyingi o‘rinlarda — ERI) foydalangan holda (talabgor — jismoniy shaxslar uchun ERI o‘rniga Mobil-ID tizimidan ham foydalanish mumkin) ruxsatnomani olish uchun “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali ariza yuboradi.
Arizaga Pasportning 5-bandida nazarda tutilgan hujjat va ma’lumotlar ilova qilinadi.
Ariza talabgordan “Yagona darcha” bojxona axborot tizimiga integratsiya qilingan AAT orqali elektron shaklda, talabgorning ERI bilan tasdiqlangan holda qabul qilinadi va ro‘yxatdan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjat (belgi) avtomatik ravishda talabgorga yuboriladi.
- Talabgordan ushbu Nizomning 10-bandiva Pasportning 5-bandidanazarda tutilmagan hujjatlarni va ma’lumotlarni talab qilish taqiqlanadi.
- Arizani ko‘rib chiqish uchun talabgordan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Ariza ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im summasi Agentlikning hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘langan yig‘im talabgor arizasidan voz kechgan taqdirda yoki ariza ko‘rib chiqilgandan so‘ng ruxsatnoma berish rad etilgan taqdirda talabgorga qaytarilmaydi.
- Arizaga kiritilgan ma’lumotlar AAT orqali idoralararo hamkorlik tizimlarida mavjud ma’lumotlar asosida dastlab avtomatik ravishda taqqoslanadi va tekshiriladi.
Ariza quyidagi hollarda avtomatik ravishda qabul qilinmaydi:
noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumotlar kiritilganligi AAT orqali aniqlanganda;
mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan yig‘im to‘lanmaganda;
ruxsatnoma berishga oid talab va shartlarga rioya etilishi tasdiqlanmaganda;
Mineral o‘g‘itlarni va o‘simliklarni himoya qilish uchun foydalaniladigan kimyoviy vositalarning ulgurji hamda chakana savdosi uchun litsenziya mavjud bo‘lmaganda;
ruxsatnomalar reyestrida talabgorning ayni bir xil faoliyat bo‘yicha kiritilgan va amalda bo‘lgan ruxsat etish xususiyatiga ega hujjati mavjud bo‘lgan taqdirda;
talabgorning ayni bir xil faoliyatni yoki harakatni amalga oshirishi muayyan muddatga to‘xtatilganda;
talabgor tomonidan ruxsatnoma bo‘yicha tanlangan faoliyatni amalga oshirish va/yoki harakat sudning qaroriga asosan muayyan muddatga taqiqlanganda.
Mazkur bandda ko‘rsatilganlardan tashqari boshqa asoslar bilan arizani qabul qilmaslikka yo‘l qo‘yilmaydi.
- Ruxsatnoma ushbu Nizomga 4-ilovadakeltirilgan shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladi.
Ruxsatnoma o‘n ikki oy muddatga taqdim qilinadi, agar talabgor tomonidan o‘n ikki oy muddatda mineral o‘g‘itlar va kimyoviy vositalar olib kirilmagan taqdirda, ruxsatnomaning amal qilish muddati to‘xtatiladi va yangi ruxsatnoma olish uchun qayta ariza beriladi.
- Ruxsatnomani berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror Agentlikka ariza kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni davomida qabul qilinadi va qarorga muvofiq tegishli hujjat haqida talabgorga AAT orqali elektron shaklda xabar beriladi.
- Quyidagilar ruxsatnomani berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:
ruxsatnoma berilishi uchun Pasportning 5-bandida nazarda tutilgan hujjatlar va ma’lumotlarning talabgor tomonidan to‘liq bo‘lmagan hajmda taqdim etilganligi;
talabgorning ruxsatnoma berishga doir talablar va shartlarga muvofiq emasligi;
talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumotlarning mavjudligi;
olib kirilishi rejalashtirilgan mahsulotning yaroqlilik muddati O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan davrdan boshlab olti oydan kam ekanligi;
Agentlik yoki soha yuzasidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan o‘tkaziladigan o‘rganishlar, tadqiqotlar, tekshiruvlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlar yakunlari bo‘yicha asoslangan salbiy xulosa olish.
Mazkur bandning ikkinchi-beshinchi xatboshilarida belgilangan ruxsatnomani berishni rad etish uchun asoslarning bartaraf etilishiga muddat berilishi nazarda tutiladi.
Boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan, ruxsatnomani berishni maqsadga muvofiq emas degan sabablar bilan rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
- Ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi xabarnoma talabgorga elektron shaklda rad etish sabablari, qonunchilik hujjatlarining aniq normalari va talabgor ko‘rsatilgan sabablarni bartaraf etib, takroran ko‘rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat belgilangan holda yuboriladi.
Talabgor rad etish sabablarini bartaraf etib, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish uchun taqdim etishi mumkin bo‘lgan muddat ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi yozma xabarnoma olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunidan kam bo‘lmasligi kerak.
- Talabgor ruxsatnomani berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran ko‘rib chiqish, ruxsatnomani berish yoki berishni rad etish talabgordan rad etish sabablari bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan e’tiboran besh ish kuni ichida Agentlik tomonidan takroran ko‘rib chiqiladi. Ariza takroran ko‘rib chiqilganligi uchun yig‘im undirilmaydi.
- Hujjatlarni takroran ko‘rib chiqishda ariza beruvchiga ilgari yozma xabarnomada bayon qilinmagan rad etish sabablari Agentlik tomonidan keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ilgari ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq rad etish sabablarining keltirilishi bundan mustasno.
- Ruxsatnomani berish rad etilganligi haqidagi xabarnomada ko‘rsatilgan muddat o‘tgandan keyin talabgor tomonidan topshirilgan ariza yangi topshirilgan hisoblanadi va Agentlik tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
- Talabgor ruxsatnoma berish rad etilganligi, shuningdek, Agentlik mansabdor (vakolatli) shaxsining harakati (harakatsizligi) yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
4-bob. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish, uning muddatini uzaytirish va o‘zgartirish tartibi
- Ruxsatnomaning amal qilish muddati tugagach, u talabgor arizasiga ko‘ra qo‘shimcha o‘n ikki oy muddatgacha uzaytirilishi mumkin. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish haqidagi ariza Agentlikka mazkur hujjatning amal qilish muddati tugaguniga qadar topshirilishi kerak. Ruxsatnomaning amal qilish muddati yig‘im undirilmagan holda uzaytiriladi.
- Ruxsatnoma olgan yuridik shaxslar qayta ro‘yxatdan o‘tganda, uning nomi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgarganda, besh ish kuni davomida Agentlikka ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rsatilgan ma’lumotlarning tasdiqlovchi hujjatlarini ilova qilgan holda topshirishi shart.
- Ruxsatnoma olgan jismoniy va yuridik shaxslar ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqida berilgan guvohnomada ko‘rsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat ko‘rsatadigan joyi o‘zgargan taqdirda, besh ish kuni davomida Agentlikka ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risidagi arizani ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda topshirishi shart.
- Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilguniga qadar uni qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida ariza bergan jismoniy va yuridik shaxslar yoxud ularning huquqiy vorisi ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish to‘g‘risida berilgan, qabul qilib olingan sanasi haqida Agentlikning belgisi qo‘yilgan ariza asosida unda ko‘rsatilgan harakatni va (yoki) faoliyatni amalga oshiradi.
- Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilganda Agentlik tomonidan ruxsatnomalar reyestriga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. Ruxsatnoma arizaga tegishli hujjatlar ilova qilingan holda, Agentlik tomonidan qabul qilib olingan kundan e’tiboran besh ish kuni davomida qayta rasmiylashtiriladi.
- Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish uchun ariza beruvchilarning ruxsatnomani berish to‘g‘risidagi arizasi Agentlik tomonidan ko‘rib chiqilganda va ruxsatnoma qayta rasmiylashtirib berilganda, mazkur Nizomning 12-bandidanazarda tutilgan yig‘imning yarmi undiriladi.
5-bob. Ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, bekor qilish va tugatish
- Ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, bekor qilish va tugatish “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 32, 33va 34-moddalaridanazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
6-bob. Ruxsatnomalar reyestrini yuritish
- Agentlik ruxsatnomalar reyestrini yuritadi va ularni o‘z rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
- Ruxsatnomalar reyestrida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
ruxsatnoma berilgan yuridik shaxslar to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar: nomi, ularning tashkiliy-huquqiy shakli, joylashgan joyi (pochta manzili), telefon raqami;
ruxsatnoma berilgan sana va raqami;
ruxsatnomaning amal qilish muddati;
ruxsatnomani qayta rasmiylashtirishning hamda amal qilish muddatini uzaytirishning asosi va sanasi;
ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatish va tiklash uchun asos va sana;
ruxsatnomani bekor qilishning asosi va sanasi;
ruxsatnomaning amal qilishini to‘xtatib turish, bekor qilish va tugatish, qayta rasmiylashtirishning hamda bekor qilishning asoslari va sanasi.
- Ruxsatnomalar reyestridagi ma’lumotlar ochiq hisoblanadi hamda ushbu reyestr “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali rasmiylashtirilgan ruxsatnomalar asosida “real vaqt” rejimida shakllanadi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
- Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.