Mahalla obod — yurt obod shiori ostida umumxalq xayriya hashari o’tkazildi
Har yili Vatanimiz mustaqilligi bayrami arafasida o‘tkaziluvchi umumxalq xayriya hashari ezgu an’analarning amaldagi yorqin namunasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga binoan 24-25-avgust umumxalq xayriya hashari kunlari deb e’lon qilinishi ham bejiz emas.
«Mahalla obod — yurt obod» shiori ostida o’tkazilgan hasharda Qishloq xo’jaligi vazirligi markaziy apparati hamda «Agrosanoatni raqamlashtirish markazi» xodimlari ham faol ishtirok etdi.
Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog’dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent viloyati ilmiy-tajriba stansiyasida o’tkazilgan hasharda ariq yoqalari tozalandi, daraxtlar oqlandi, umuman olganda butun hudud chiqindilardan holi etildi.