O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI

Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari belgilanganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

So‘nggi yillarda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash uchun har tomonlama imkoniyatlar yaratish va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirish, ularni qishloq xo‘jaligi sohasiga jalb etish orqali bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning huquqiy asosini tashkil etuvchi qonunchilik hujjatlarini o‘zaro muvofiqlashtirish maqsadida ularga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zarurati mavjud.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 5-apreldagi PQ-153-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovagamuvofiq ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:

“mahalla yettiligi” tavsiyasiga asosan shakllantiriladigan ro‘yxatga kiritilgan yoshlarga mini-texnika, urug‘ va ko‘chat xarid qilish uchun Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 33 mln so‘mgacha kreditlar ajratish;

“mahalla yettiligi” tavsiyasiga asosan shakllantiriladigan ro‘yxatga kiritilgan hamda yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn-auksion savdo g‘olibi bo‘lgan yoshlarga yer uchastkasi narxini 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berish;

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan hamda dehqonchilik va tomorqa xo‘jaligini yuritish bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mini-texnika, urug‘ va ko‘chat xarid qilish uchun 5 mln so‘mdan subsidiya ajratish.

  1. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

 

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 3-avgustdagi 479-son qaroriga
ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

  1. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-iyundagi 433-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning 17-bandida:
  2. a) quyidagi mazmundagi yigirma ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

“mahalla yettiligi” tavsiyasiga asosan shakllantiriladigan ro‘yxatga kiritilgan hamda elektron onlayn-auksion savdolari orqali dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer maydonlarini ijaraga olgan yoshlarga tijorat banklari orqali mini-texnika, urug‘ va ko‘chat xarid qilish uchun 33 mln so‘mgacha kredit ajratishga”;

  1. b) yigirma ikkinchi — yigirma yettinchi xatboshilartegishlicha yigirma uchinchi — yigirma sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
  2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 400-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandida:
  3. a) quyidagi mazmundagi to‘qqizinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

“mahalla yettiligi” tavsiyasiga asosan shakllantiriladigan ro‘yxatga kiritilgan hamda elektron onlayn-auksion savdolari orqali dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer maydonlarini ijaraga olgan yoshlarga mini-texnika, urug‘ va ko‘chat xarid qilish uchun bir yillik kafillik taqdim etish”;

  1. b) to‘qqizinchi — o‘ttizinchi xatboshilartegishlicha o‘ninchi — o‘ttiz birinchi xatboshilar deb hisoblansin.
  2. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 709-son qarori bilan tasdiqlangan Bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun elektron onlayn-auksion savdo orqali ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 28-bandiquyidagi tahrirda bayon etilsin:

“28. Yer uchastkalarini ijaraga berish bo‘yicha elektron onlayn-auksion savdolari g‘oliblariga ularning tanloviga ko‘ra yer uchastkasi narxini uch yil muddatda, elektron onlayn-auksion savdolari g‘olibi bo‘lgan “Temir daftar”, va “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turgan fuqarolarga yer uchastkasi narxini besh yil muddatga, “mahalla yettiligi” tavsiyasiga asosan shakllantiriladigan ro‘yxatga kiritilgan yoshlarga 10 yil muddatga teng ulushlarda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi”.

  1. Vazirlar Mahkamasining “Yoshlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 7-iyundagi 312-son qarorida:
  2. a) 1-ilovaning 8-bandi beshinchi xatboshisiquyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Yoshlar daftari”ga kiritilgan, dehqonchilik va tomorqa xo‘jaligini yuritish bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga mini-texnika, urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun 5 mln so‘m miqdorda subsidiya ajratishga”;

  1. b) 2-ilovada:

3-bobning 4-paragrafi nomi “urug‘lik va ko‘chatlar” so‘zlaridan oldin “mini-texnika,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;

23-bandda:

birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“23. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, dehqonchilik va tomorqa xo‘jaligini yuritish bilan shug‘ullanayotgan, shu jumladan, elektron onlayn-auksion savdolari orqali yer maydonini olgan yoshlarga “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobida mini-texnika, urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun 5 mln so‘mdan ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq subsidiya ajratiladi”;

to‘rtinchi xatboshi “urug‘lik va ko‘chatlarni” so‘zlaridan oldin “mini-texnika,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;

24-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari “urug‘lik va ko‘chatlar” so‘zlaridan oldin “mini-texnika” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;

1-ilovaning 4-pozitsiyasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

4. Dehqonchilik va tomorqa xo‘jaligini yuritish bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga mini-texnika, urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun subsidiya ajratish. 5 mln so‘m Yoshlar daftari jamg‘armasi Vasiylik kengashi Hokim yordamchisi
”;

5-ilovada:

nomi hamda izoh qismi “urug‘lik va ko‘chatlar” so‘zlaridan oldin “mini-texnika,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;

“1-bosqich” va “4-bosqich” pozitsiyalarining “Tadbirlar” ustunidagi “Urug‘lik va ko‘chatlar” so‘zlari “Mini-texnika, urug‘lik va ko‘chatlar” so‘zlari bilan almashtirilsin;

“3-bosqich” pozitsiyasining “Tadbirlar” ustuni “urug‘lik va ko‘chatlar” so‘zlaridan oldin “mini-texnika sotib olish,” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.

 

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.