Mustaqillik bayramida necha kun dam beriladi?
Mustaqillik bayrami munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 4 kun (31-avgust-3-sentabr) dam oladi. 4-sentabrdan barcha yana ishga qaytadi.
O‘zbekistonliklar Mustaqillik bayrami munosabati bilan 4 kun dam oladi, deya xabar bermoqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi matbuot xizmati.
Dam olish kunlari Shavkat Mirziyoyevning “2024-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan.
Unga ko‘ra:
- 31-avgust — olti kun ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni;
- 1-sentabr — Mustaqillik bayrami kuni;
- 2-sentabr — ko‘chirilgan dam olish kuni (bayram yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi sababli);
- 3-sentabr — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.
4-sentabrdan esa barcha xodimlar yana to‘liq ishga qaytadi.
Eslatib o‘tamiz, maktab, akademik litsey, kollej va texnikumlarda darslar 4-sentabrdan, oliy ta’lim muassasalarida esa 9-sentabrdan boshlanadi.