«AgroPro» mobil ilovasi va uning imkoniyatlari haqida joylarda seminlar tashkil etildi.
Fermer xo‘jaliklari uchun Agrosanoatni raqamlashtirish markazi MChJ tomonidan ishlab chiqilgan AgroPro mobil ilovasi va uning imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berilib o’quv seminar treningni o’tkazildi. Seminarda Farg’ona viloyati Agroxizmatlar markazi tuman xodimlar hamda viloyatning fermerlari qatnashdilar.
Seminar quyidagi asosiy maqsadlarga erishishga qaratilgan:
• Seminar va treninglar orqali fermerlarning Geoportal haqidagi bilim darajasini oshirish;
• Mutaxassislarni yangi Geoportal uskunalari va dasturiy ta’minotlari bilan ta’minlash orqali Geoportal masalalari bo’yicha o’qitish va bilimlarini oshirish;
• Fermerlarga zamonaviy geografik axborot texnologiyalaridan foydalanishda yordam berish.
Seminarda fermerlar Geoportaldan foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar olishlari, yer konturlari, ekinlar haqida ma’lumot olishlari, tuproq holati va tarkibini har bir fermerning kontekstida o‘rganishlari, dalalardagi ekinlarning holatini (o’simliklar-NDVI, suv oqimlari-NDMI, azot miqdori- GNDVI) kuzatishi, shuningdek, sun’iy yo‘ldosh prognozlash vositalaridan foydalanishlari mumkin.
Ushbu vositalar fermerlarga yanada dolzarb va o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi mahsuldorligini oshirish, barqaror amaliyotni targ‘ib qilish va O‘zbekistonda yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga ko‘maklashadi.