O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibining takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida

Keyingi yillarda mamlakatimizda yerga oid munosabatlarda tenglik va shaffoflikni ta’minlashga, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilishga hamda ularni bozor aktiviga aylantirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga olingan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga bo‘lgan o‘z huquqlari va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazishning (qayta ijaraga berishning) huquqiy asoslarini belgilash hamda yer uchastkalarini berish shartlarini yanada takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.

Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga va boshqa qonunlariga ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga olingan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga bo‘lgan o‘z huquqlari va majburiyatlari yer uchastkasidan foydalanish maqsadlari o‘zgartirilmagan holda boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkinligini, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov o‘rniga elektron onlayn-auksionlar joriy etilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Bundan tashqari eng yaxshi taklifni tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berishda ijaraga oluvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga mablag‘lar to‘lanishi nazarda tutilmoqda.

Mazkur Qonun yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlashga, shuningdek yer uchastkalarini ijaraga berish shartlarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 1, 1-modda; 2014-yil, № 1, 2-modda, № 9, 244-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2017-yil, № 9, 510-modda; 2018-yil, № 1, 1-modda, № 4, 224-modda, № 7, 432-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 1, 1-modda, № 3, 161-modda, № 4, 199-modda, № 8, 469-modda, № 11, 792-modda; 2020-yil, № 9, 540-modda; 2021-yil, № 1, 3-modda, 4-songa ilova, № 8, 800-modda; 2022-yil, № 6, 570, 577-moddalar; 2023-yil, № 10, 795-modda, № 11, 919-modda) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 23-modda ikkinchi qismining 3-bandidagi “ochiq elektron tanlov va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

2) 24-modda:

ikkinchi qismining:

1-bandidagi “ochiq elektron tanlov” degan so‘zlar “elektron onlayn-auksion” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

2-bandi:

uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

to‘rtinchi xatboshisi uchinchi xatboshi deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“Qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida bo‘lgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini ijaraga berishda ushbu yer uchastkalarini ijaraga olish huquqining baholovchi tashkilot tomonidan aniqlanadigan bozor qiymatiga nisbatan koeffitsiyentlarda belgilanadigan miqdordagi mablag‘ ijaraga oluvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga to‘lanadi. Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;

uchinchi — o‘n yettinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi — o‘n sakkizinchi qismlar deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“Qiymati kamida 10 million AQSh dollari ekvivalentida bo‘lgan, eng yaxshi taklifni tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar qo‘llaniladi”;

beshinchi — o‘n sakkizinchi qismlari tegishincha oltinchi — o‘n to‘qqizinchi qismlar deb hisoblansin;

oltinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Mazkur shaxslar (bundan xalqaro birlashmalar va tashkilotlar mustasno) yer uchastkasini ijaraga olish huquqining baholovchi tashkilot tomonidan aniqlanadigan bozor qiymatiga nisbatan koeffitsiyentlarda belgilanadigan miqdordagi mablag‘larni O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga to‘lashi kerak”;

quyidagi mazmundagi yettinchi va sakkizinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:

“Yer uchastkasiga ijara huquqining bozor qiymatiga nisbatan tegishli koeffitsiyentini belgilashda yer uchastkasining tuproq bonitirovkasi, ma’muriy-hududiy tuzilishi va infratuzilma obyektlari mavjudligi inobatga olinadi.

Yer uchastkasini ijaraga olish huquqining bozor qiymatiga nisbatan koeffitsiyentlarda belgilangan miqdordagi mablag‘lar summasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yer uchastkasini berish to‘g‘risidagi qarorida ko‘rsatilishi shart”;

yettinchi — o‘n to‘qqizinchi qismlari tegishincha to‘qqizinchi — yigirma birinchi qismlar deb hisoblansin;

to‘qqizinchi qismidagi “ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida” degan so‘zlar “ikkinchi, to‘rtinchi va oltinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

o‘n ikkinchi qismidagi “to‘qqizinchi qismida” degan so‘zlar “o‘n uchinchi va o‘n to‘rtinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi o‘n to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasiga nisbatan huquqlar va majburiyatlar ushbu Kodeksning 245-moddasida belgilangan tartibda ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin”;

o‘n to‘rtinchi — yigirma birinchi qismlari tegishincha o‘n beshinchi — yigirma ikkinchi qismlar deb hisoblansin;

3) quyidagi mazmundagi 245-modda bilan to‘ldirilsin:

“245-modda. Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasiga nisbatan huquqlar va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish)

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasining ijarachisi ijaraga olish shartnomasi bo‘yicha o‘z huquqlari va majburiyatlarini yer uchastkasidan asosiy foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda, yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi muddati doirasida boshqa shaxsga o‘tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin, bundan ushbu Kodeks 24-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Bunda:

ijaraga oluvchi yer uchastkasidan kamida uch yil o‘zi foydalangan bo‘lishi shart, mazkur muddat yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran hisoblanadi;

yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion, ochiq elektron tanlov yoki tanlov o‘tkazmasdan davlat organlarining qarorlariga ko‘ra to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berilgan yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazishga (qayta ijaraga berishga) yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran besh yildan keyin yo‘l qo‘yiladi;

ijaraga oluvchi ochiq elektron tanlov natijalariga ko‘ra ijara muddati bo‘yicha teng taqsimlanadigan qo‘shimcha to‘lovlarni yoki elektron onlayn-auksion natijalariga ko‘ra bo‘lib-bo‘lib to‘lash nazarda tutilgan to‘lovlarni bir yo‘la to‘lashi shart.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasiga nisbatan huquqlar va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng qayta ijaraga berish natijasida vujudga kelgan ijara huquqi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan yer uchastkasining ijaraga oluvchisi o‘zgarganligi to‘g‘risidagi axborot (huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjat ilova qilingan holda) tegishli tuman (shahar) hokimligiga elektron tarzda yuboriladi.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan ijaraga olingan yer uchastkasiga nisbatan o‘z huquqlari va majburiyatlarini ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;

4) 29-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi “24-moddasining to‘qqizinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno” degan so‘zlar “24-moddasining o‘n uchinchi qismida hamda 245-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

5) 305-moddaning oltinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:

“Bunda ommaviy servitut maqsadlarida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun qonunchilikda belgilangan qurilish sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish zarur”;

6) 36-moddaning:

birinchi qismi:

7-bandidagi “bu qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun hosildorlik darajasi uch yil mobaynida normativdan (kadastr bahosiga ko‘ra) past bo‘lishida ifodalanganda” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

12-bandi chiqarib tashlansin;

ikkinchi qismi chiqarib tashlansin;

uchinchi — sakkizinchi qismlari tegishincha ikkinchi — yettinchi qismlar deb hisoblansin;

uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 3 va 5-bandlarida ko‘rsatilgan hollarda tugatish yerdan foydalanish hamda uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini amalga oshiruvchi organlarning taqdimnomasiga ko‘ra, huquqlar tugatilishining asosli ekanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida tegishincha viloyatlar, Toshkent shahar hokimlarining qarorlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan amalga oshiriladi. Yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini ushbu modda birinchi qismining 6 — 11-bandlarida ko‘rsatilgan hollarda tugatish ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan tartibda sud tomonidan amalga oshiriladi. Jismoniy va yuridik shaxslar yer uchastkalariga egalik qilish huquqini, yer uchastkalaridan doimiy yoki vaqtincha foydalanish huquqini tugatish haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hamda ko‘rsatilgan mansabdor shaxslarning qarorlaridan norozi bo‘lgan taqdirda, ushbu qarorlar ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin”;

beshinchi qismidagi “Ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 6 — 10, 12, 13-bandlarida” degan so‘zlar “Ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 6 — 10, 13-bandlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

7) 39-moddaning birinchi qismi quyidagi mazmundagi 10-band bilan to‘ldirilsin:

“10) yer uchastkasiga nisbatan ijara shartnomasidagi o‘z huquqlari va majburiyatlarini belgilangan tartibda boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish)”;

8) 49-moddaning oltinchi qismidagi “ochiq elektron tanlov” degan so‘zlar “elektron onlayn-auksion” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

9) 53-moddaning ikkinchi qismidagi “ochiq elektron tanlov” degan so‘zlar “elektron onlayn-auksion” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

10) 87-modda:

uchinchi qismining:

ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;

uchinchi — yettinchi xatboshilari tegishincha ikkinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;

to‘rtinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘oriladigan yerlar uchun qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rni barcha hollarda barcha shaxslar tomonidan qoplanadi, bundan jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarini olib qo‘yish hollari mustasno”;

11) 90-moddaning:

birinchi qismidagi “shuningdek yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qo‘yish” degan so‘zlar “yer uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qo‘yish, shuningdek ijaraga berilgan yer uchastkasiga nisbatan huquqlar va majburiyatlarni belgilangan tartibda boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

ikkinchi qismi o‘n uchinchi xatboshisidagi “ochiq elektron tanlovlar va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.

2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 602-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan 662-II-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 162-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda; 2009-yil, № 12, 472-modda; 2011-yil, № 9, 248-modda; 2012-yil, № 9/1, 238-modda; 2013-yil, № 10, 263-modda; 2015-yil, № 8, 312-modda; 2016-yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2018-yil, № 4, 224-modda, № 12, 781-modda; 2019-yil, № 4, 199-modda, № 12, 886-modda; 2020-yil, № 1, 2-modda, № 9, 540-modda, № 11, 652-modda; 2021-yil, 4-songa ilova; 2022-yil, № 6, 570-modda) quyidagi o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin:

1) 4-modda ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi chiqarib tashlansin;

2) 11-moddaning:

birinchi qismidagi “ochiq elektron tanlov” degan so‘zlar “elektron onlayn-auksion” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

uchinchi qismidagi “ochiq elektron tanlov” degan so‘zlar “elektron onlayn-auksion” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;

3) 16-modda birinchi qismining:

beshinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:

“ixtisoslashuvni hisobga olgan holda va tuzilgan kontraktatsiya shartnomalari asosida qishloq xo‘jalik ekinlarini joylashtirishni mustaqil ravishda amalga oshirish;

mahsulotni qayta ishlovchi korxonalarni va o‘z mahsulotlari (ishlari, xizmatlari) iste’molchilarini mustaqil ravishda tanlash”;

oltinchi — o‘n to‘qqizinchi xatboshilari tegishincha yettinchi — yigirmanchi xatboshilar deb hisoblansin;

quyidagi mazmundagi yigirmanchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

“ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga nisbatan huquqlari va majburiyatlarini yer uchastkasining asosiy mo‘ljallangan maqsadini saqlab qolgan holda, ijara shartnomasi amal qiladigan muddatga boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish)”;

yigirmanchi xatboshisi yigirma birinchi xatboshi deb hisoblansin.

3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-mayda qabul qilingan “Yaylovlar to‘g‘risida”gi O‘RQ-538-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 5, 263-modda; 2020-yil, № 9, 540-modda; 2021-yil, 4-songa ilova, № 8, 800-modda; 2022-yil, № 6, 577-modda) 13-moddasining ikkinchi qismidagi “ochiq elektron tanlov” degan so‘zlar “elektron onlayn-auksion” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.

4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 1-aprelda qabul qilingan “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi O‘RQ-680-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 4, 286-modda; 2022-yil, № 11, 1061-modda; 2023-yil, № 11, 919-modda) 22-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:

“dehqon xo‘jaligiga ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasiga nisbatan huquqlar va majburiyatlarni yer uchastkasining asosiy mo‘ljallangan maqsadini saqlab qolgan holda, belgilangan tartibda boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish)”.

5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyunda qabul qilingan “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi O‘RQ-781-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 6, 576-modda) 23-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “(bundan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqi mustasno)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.

6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-noyabrda qabul qilingan “Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida”gi O‘RQ-803-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 11, 1064-modda) quyidagi qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritilsin:

1) 10-moddaning oltinchi xatboshisi “ijara huquqi” degan so‘zlardan keyin “shu jumladan ijaraga olingan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) natijasida yuzaga keladigan ijara huquqi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;

2) 31-modda quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:

“Yer uchastkasiga nisbatan huquqlar va majburiyatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) natijasida yuzaga keladigan ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ushbu Qonunning 33-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar asos bo‘ladi”;

3) 33-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“33-modda. Xususiylashtirilgan yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga doir huquqlarning boshqa shaxsga o‘tishini belgilovchi hujjatlar va uning o‘ziga xos xususiyatlari

Xususiylashtirilgan yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga doir huquqlarning boshqa shaxsga o‘tishini belgilovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:

xususiylashtirilgan bo‘sh turgan yer uchastkasining yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga doir huquqning notarial tartibda tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi;

xususiylashtirilgan bo‘sh turgan yer uchastkasini yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga doir huquqni hadya etishga oid notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;

xususiylashtirilgan bo‘sh turgan yer uchastkasini yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga doir huquqni ayirboshlashga oid notarial tartibda tasdiqlangan shartnoma;

xususiylashtirilgan bo‘sh turgan yer uchastkasining yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga doir huquqning boshqa shaxsga renta haqi to‘lanishi sharti bilan berilishi nazarda tutiladigan, notarial tartibda tasdiqlangan renta shartnomasi;

xususiylashtirilgan bo‘sh turgan yer uchastkasini yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga doir huquqni meros qilib olish huquqi to‘g‘risidagi hamda er-xotinning umumiy mulkida bo‘lgan xususiylashtirilgan bo‘sh turgan yer uchastkasining tegishli qismiga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi notarial tartibda tasdiqlangan guvohnoma;

xususiylashtirilgan yer uchastkasini unda joylashgan bino va inshoot bilan birga yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga doir huquqni yuridik shaxslarning ustav fondiga (ustav kapitaliga) ulush sifatida berish to‘g‘risidagi (agar bu turar joy obyekti bo‘lsa, notarial tartibda tasdiqlangan) shartnoma;

xususiylashtirilgan yer uchastkasini unda joylashgan bino va inshoot bilan birga yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga doir huquqni muassisga qaytarib berish to‘g‘risidagi (agar bu turar joy obyekti bo‘lsa, notarial tartibda tasdiqlangan) shartnoma;

jismoniy va yuridik shaxslarning mulkida bo‘lgan (xususiylashtirilgan), bo‘sh turgan yer uchastkalarini yoki ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga doir huquqni realizatsiya qilish bo‘yicha sud qarorlarini va boshqa organlarning qarorlarini ijro etish maqsadidagi savdolar yakunlari to‘g‘risidagi bayonnoma;

sudning qarori yoki davlat ijrochisining qarori yoxud xususiylashtirilgan bo‘sh turgan yer uchastkasini, ijara huquqi asosida tegishli bo‘lgan yer uchastkasiga doir huquqni berish to‘g‘risida undiruvchi va qarzdor o‘rtasida tuzilgan, davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan dalolatnoma”.

7-modda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

ushbu Qonun 1-moddasi 2-bandining sakkizinchi xatboshisida nazarda tutilgan Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish tartibini ushbu Qonun kuchga kirganidan keyin bir oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

ushbu Qonun 1-moddasi 3-bandining to‘qqizinchi xatboshisida nazarda tutilgan Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan ijaraga olingan yer uchastkasiga nisbatan o‘z huquqlari va majburiyatlarini ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazish (qayta ijaraga berish) tartibini ushbu Qonun kuchga kirganidan keyin bir oy ichida ishlab chiqsin va tasdiqlasin;

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

9-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.