Microsoft Word endi imloni o‘rgatishi mumkin
Microsoft Word dasturiga foydalanuvchilarga imlo va matn sifatini yaxshilashga yordam beradigan yangi “Coaching with Copilot” funksiyasini qo‘shdi.
Foydalanuvchilar butun hujjat uchun ham, alohida paragraflar uchun ham tavsiyalar olishlari mumkin.
Faqat kerakli fragmentni tanlang, Copilot belgisini bosing va «Get Coaching» funksiyasini yoqing. Kelajakda Microsoft hujjatga avtomatik ravishda tavsiya etilgan o‘zgartirishlar kiritish imkoniyatini qo‘shishni rejalashtirmoqda, ammo hozircha foydalanuvchilar tavsiyalar asosida matnni qo‘lda tahrirlashlari kerak bo‘ladi.
Coaching with Copilotdan foydalanish uchun siz Copilot litsenziyasini sotib olishingiz, inglizcha sozlamalar bilan Internetda Word dasturidan foydalanishingiz va Qo‘shma Shtatlarda joylashgan bo‘lishingiz kerak.
Microsoft yaqin oylarda boshqa tillar va mamlakatlardagi foydalanuvchilarga ushbu xususiyatdan foydalanish imkoniyatini kengaytirishni rejalashtirmoqda.