Agrosanoatni raqamlashtirish markazida uchrashuv bo’lib o’tdi

Agrosanoatni raqamlashtirish markazida uchrashuv bo’lib o’tdi

Bugun Agrosanoatni raqamlashtirish markazida, JICA ning masʼul xodimi Inoe Rio boshchiligidagi ishchi guruhi tashrif buyurdi. Tashrifning asosiy maqsadi JICA tomonidan ishlab chiqilayotgan va moliyalashtirilayotgan “Chorvachilikda qo‘shimcha qiymat zanjirini tarkib toptirishni tadbiq etish” loyiha doirasida hamkorlik istiqbollarini muhokama etish va amaliy jihatlarini toptirishdan iborat bo‘ldi.

Amaliy uchrashuvda markaz direktori U.Maxmudov, direktorning birinchi o‘rinbosari B.Tillabaev va masʼul xodimlar ishtirok etishdi. Muloqot doirasida markazning amaldagi yirik loyihalari, istiqboldagi amaliy ishlari va kun tartibidagi loyiha doirasida hamkorlik istiqbollari borasida fikrlar almashildi.

Shu o‘rinda, bildirilgan fikrlar, taqdimoti o‘tkazilgan loyiha va dasturiy maxsulotlar natijasida xalqaro tashkilot vakillari tomonidan, markazning amaldagi axborot tizimlari, platformalari negizida, JICAning faoliyat yo‘nalishlari, xususan chorvachilikka oid yo‘nalishlarining faoliyatiga oid maʼlumotlarni joylashtirish bo‘yicha istaklar bildirildi.

Uchrashuv natijasi bo‘yicha xalqaro tashkilot vakillari tomonidan, hamkorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha batafsil yo‘nalishlar va tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish bo‘yicha kengaytirilgan muhokama o‘tkazishga kelishildi.

Add a Comment

Your email address will not be published.