O‘zbekiston raqamli transformatsiya sohasidagi global muhokamaga qo‘shildi!

O‘zbekiston raqamli transformatsiya sohasidagi global muhokamaga qo‘shildi!

19-20-noyabr kunlari Tallinn Digital Sammit doirasida BMTning Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti (UN DESA) tomonidan tashkil etilgan «Raqamli transformatsiya imkoniyatlarini kengaytirish» mavzusidagi sessiya bo‘lib o‘tdi.

Ushbu nufuzli tadbirda turli mamlakatlar va tashkilotlar vakillari raqamli transformatsiyaning muhim jihatlarini muhokama qilish uchun birlashdilar. O‘zbekiston nomidan tadbirda Raqamli texnologiyalar vazirligi va Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari ishtirok etishdi.

Vakillarimiz O‘zbekistonda raqamli rivojlanishning erishilgan yutuqlari va istiqbollari haqida ma’lumot berib, raqamli texnologiyalarni joriy etish tajribasi bilan o‘rtoqlashdilar hamda elektron hukumatga innovatsion yondashuvlarni muhokama qildilar.

Sessiyada BMTning 2024-yilgi Elektron hukumat tadqiqoti metodologiyasi atroflicha muhokama qilindi. Bu esa global tendensiyalarni yaxshiroq tushunish va kelgusida takomillashtirish yo‘nalishlarini belgilash imkonini berdi.

Shuningdek, tadbir doirasida UN DESA bilan O‘zbekistonda raqamli transformatsiyani jadallashtirishga qaratilgan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni o‘z ichiga olgan hamkorlik rejasi batafsil ko‘rib chiqildi.

Manba:Ict.xabar.uz

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.