O‘zbekistonda Konstitutsiya kuni nishonlanmoqda

O‘zbekistonda Konstitutsiya kuni nishonlanmoqda

Bugun — 8 dekabr, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun. O‘zbekistonda bosh qomus qabul qilinganining 32 yilligi nishonlamoqda.

Asosiy qonun 1992 yilning 8 dekabrida respublika Oliy Kengashida qabul qilingan edi. Konstitutsiya bilan davlat va jamiyat rivojlanishining demokratik tamoyillari belgilab qo‘yilgan. Respublikada ro‘y berayotgan demokratik o‘zgarishlar davomida Konstitutsiyaga ham o‘zgarishlar kiritib kelinmoqda.

Mamlakatda Konstitutsiya qabul qilingan kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilingan.

«Agrosanoatni raqamlashtirish markazi» MChJ xodimlari Konstitutsiya qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan barcha O‘zbekistonliklarni tabriklaydi. Konstitutsiyaviy huquqlaringizni biling va himoya qiling, huquqlaringiz buzilgan holatda Konstitutsiyaga tayaning.

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.