Dekabr oyida o‘zbekistonliklar qo‘shimcha necha kun dam oladi?

Dekabr oyida o‘zbekistonliklar qo‘shimcha necha kun dam oladi?

Dekabr oyida shanba va yakshanba kunlaridan tashqari O‘zbekiston fuqarolari uchun prezident farmoni va Mehnat kodeksiga muvofiq 3 ta qo‘shimcha dam olish kuni belgilangan.

2024-yilning dekabr oyida shanba va yakshanba kunlaridan tashqari O‘zbekiston fuqarolari uchun 3 ta qo‘shimcha dam olish kuni belgilangan.

Bu kunlar quyidagicha:

  • 9-dekabr (dushanba): Konstitutsiya bayrami yakshanba kuniga to‘g‘ri kelgani sababli, dam olish kuni Mehnat kodeksining 208-moddasiga muvofiq keyingi ish kuniga ko‘chiriladi.
  • 30-dekabr (dushanba): prezident farmoniga ko‘ra, 14-dekabr (shanba) dam olish kuni 30-dekabrga ko‘chirildi. Shuning uchun 14-dekabr ish kuni hisoblanadi.
  • 31-dekabr (seshanba): Yangi yil munosabati bilan 31-dekabr qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.

Shu tariqa, 9, 30 va 31-dekabr kunlari o‘zbekistonliklar uchun ish kunlari bo‘lmaydi.

Bundan tashqari, 7, 21, 28-dekabr — shanba kunlari haftada 5 kun ishlovchilar uchun, 1, 8, 15, 22, 29-dekabr kunlari esa barcha uchun oddiy dam olish kunlari hisoblanadi.

28−29-dekabr kuni boshlangan dam olish kunlari, katta ehtimol bilan, yanvar oyining dastlabki kunlari ham davom etadi. Bu 2025 yilgi qo‘shimcha dam olish kunlarini belgilash haqidagi prezident farmonidan so‘ng yana ham aniq bo‘ladi.

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.