Yaponlar koinotga dunyodagi birinchi yog‘och sun’iy yo‘ldoshni uchirdilar

Yaponlar koinotga dunyodagi birinchi yog‘och sun’iy yo‘ldoshni uchirdilar

Kaft o‘lchamidagi qurilma Kioto universiteti va mahalliy qurilish kompaniyasi tomonidan yaratilgan. Rejaga ko‘ra, xizmat muddati tugagach, u atmosferada butunlay yonib ketadi va metalldan farqli o‘laroq, hech qanday iz qoldirmaydi.

Sun’iy yo‘ldosh orbitada olti oy bo‘ladi, shundan so‘ng mutaxassislar yog‘och koinotning ekstremal sharoitlariga qanchalik samarali dosh berganini baholaydilar.

Kelgusi 50 yil ichida loyiha mualliflari Oy va Marsda yog‘ochdan bazalar qurishni boshlamoqchilar.

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.