600 million dollarlik superkompyuter nimalarga qodir?

600 million dollarlik superkompyuter nimalarga qodir?

Kaliforniyaning Lourens Livermor nomidagi milliy laboratoriyasida dunyodagi eng kuchli superkompyuter — “El Capitan” rasman ishga tushirildi.

600 million dollarlik mazkur kompyuter 2024-yilning Top500 superkompyuterlari reytingida 1,742 ekzaflops unumdorlik natijasi bilan peshqadamlikni qo‘lga kiritdi.

Ushbu superkompyuterdan turli maxfiy masalalarni yechishda, jumladan, AQSh yadro qurol zaxiralari xavfsizligi muammolarini hal qilishda foydalaniladi.

Izoh qo'shish

Sizning elektron pochta manzilingiz nashr etilmaydi.