O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida
Qonunchilik palatasi tomonidan 2024-yil 15-oktabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2025-yil 25-yanvarda ma’qullangan
Keyingi yillarda mamlakatimizda fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlarini ta’minlash va xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka joriy etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini rivojlantirish hamda raqamlashtirish orqali fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratilayotganligi va ma’muriy islohotlar doirasida respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari qayta tashkil etilganligi munosabati bilan qonunchilik hujjatlarini yanada takomillashtirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.
Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat majmuida elektron shakldagi mehnat shartnomasini rasmiylashtirish tartibini joriy etishni, ish haqi saqlanmaydigan ta’til davomiyligini belgilash tartibini va xodimning o‘rtacha ish haqini hisoblash tartibini o‘zgartirishni nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq xodimlar kechki yoki sirtqi ta’lim shaklida o‘qishi mumkin bo‘lgan ta’lim tashkilotlarining turlarini aniqlashtiruvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Shuningdek homiladorligi yoki farzandi borligi sababli xodimni ishdan bo‘shatishga taqiq joriy etilmoqda.
Shuningdek ushbu Qonun bilan kiritilayotgan o‘zgartirishlarga muvofiq davlat organlari va tashkilotlari ishga qabul qilish chog‘ida ishga kirayotgan shaxsning pasportiga yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasiga, mehnat daftarchasiga oid ma’lumotlarni mustaqil ravishda, shu jumladan axborot tizimlaridagi idoralararo integratsiyalashuv platformalari orqali so‘rab oladi.
Ushbu Qonun fuqarolarning mehnat huquqlari kafolatlari ta’minlanishiga, mehnat sohasidagi munosabatlarning elektron tizimga o‘tishini ta’minlashga, shuningdek davlat organlari va tashkilotlariga ishga kirayotgan fuqarolardan ortiqcha hujjatlarni talab qilish hollarini bartaraf etishga xizmat qiladi.
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrda qabul qilingan O‘RQ-798-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, 10-songa ilova; 2023-yil, № 4, 265-modda, № 11, 923-modda; 2024-yil, № 2, 111-modda, № 7, 627-modda, № 9, 964-modda) quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 11-modda:
oltinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning amal qilishi O‘zbekiston Respublikasi davlat xizmatchilariga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi davlat muassasalariga (diplomatik, konsullik muassasalariga va boshqa muassasalarga) ishga yuborilgan xodimlarga va muqobil xizmatni o‘tayotgan shaxslarga nisbatan qonunlarda nazarda tutilgan o‘ziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda tatbiq etiladi”;
quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Davlat fuqarolik xizmatchilarining mehnatga oid munosabatlariga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikning amal qilishi “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tartibga solinmagan qismi bo‘yicha tatbiq etiladi”;
yettinchi — o‘n uchinchi qismlari tegishincha sakkizinchi — o‘n to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin;
2) 27-modda ikkinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “shartnoma” degan so‘z “mehnat shartnomasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 29-modda:
ikkinchi qismining o‘zbekcha matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Davlat grantlari bo‘yicha ta’lim olgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari bilan yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar ularni oliy ta’lim tashkilotining taqsimot komissiyasi tomonidan berilgan ishga yuborish yo‘llanmasi natijasida, mehnat shartnomasi asosida yuzaga keladi”;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Muqobil xizmatga chaqirilgan fuqarolarning yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlari ularni tuman (shahar) mudofaa ishlari bo‘limining muqobil xizmatni o‘tash joyini tayinlash to‘g‘risidagi ko‘rsatmasiga asosan tashkilotlarga yuborilishi natijasida, mehnat shartnomasiga asosan yuzaga keladi”;
4) 39-moddaning ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 51-moddaning uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
6) 79-moddaning birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
7) 83-moddaning birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8) 88-moddaning:
birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
9) 92-moddaning:
ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
10) 93-moddaning matnidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
11) 106-modda:
birinchi qismi “yozma” degan so‘zdan keyin “(qog‘ozda yoki elektron)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Elektron shakldagi mehnat shartnomasi qonunchilikda belgilangan tartibda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat majmuida rasmiylashtiriladi”;
ikkinchi — oltinchi qismlari tegishincha uchinchi — yettinchi qismlar deb hisoblansin;
12) 107-modda ikkinchi qismining:
beshinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
oltinchi va yettinchi xatboshilari tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin;
beshinchi xatboshisidagi “(mavjud bo‘lganda)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
13) 118-moddaning ikkinchi qismidagi “kasb-hunar ta’lim tashkilotlarining, kasb-hunar maktablarining, kollejlar va texnikumlarning” degan so‘zlar “professional ta’lim tashkilotlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
14) 123-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
15) 124-modda:
beshinchi xatboshisining o‘zbekcha matnidagi “kasb-hunar ta’lim” degan so‘zlar “professional ta’lim” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan almashtirilsin:
“jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Davlat organlari va tashkilotlari ishga qabul qilish chog‘ida ushbu modda birinchi qismining ikkinchi hamda uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan axborot tizimlaridagi idoralararo integratsiyalashuv platformalari orqali so‘rab oladi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin;
16) 164-modda ikkinchi qismi uchinchi xatboshisining o‘zbekcha matnidagi “tarkibiy” degan so‘z chiqarib tashlansin;
17) 168-modda birinchi qismining 7-bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
18) 218-modda ikkinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “davlat xodimlarining” degan so‘zlar “xodimlarning” degan so‘z bilan almashtirilsin;
19) 229-moddaning to‘rtinchi qismidagi “ushbu Kodeks 233-moddasining ikkinchi qismiga” degan so‘zlar “ushbu Kodeks 233-moddasining uchinchi qismiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
20) 233-modda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Har yilgi mehnat ta’tili vaqti uchun haq to‘lashda yakshanba kuni inobatga olinmaydi”;
ikkinchi qismi uchinchi qism deb hisoblansin;
21) 234-modda:
quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Pulli kompensatsiya to‘lashda yakshanba kuni inobatga olinmaydi”;
uchinchi qismi to‘rtinchi qism deb hisoblansin;
22) 241-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Xodimning yozma arizasiga ko‘ra unga ish haqi saqlanmaydigan ta’til berilishi mumkin bo‘lib, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi, lekin u o‘n ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq bo‘lmasligi kerak”;
23) 245-moddaning birinchi qismidagi “Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan takliflar hisobga olingan holda” degan so‘zlar “insonning munosib turmush darajasini ta’minlash zarurati hamda Ijtimoiy-mehnat masalalari bo‘yicha respublika uch tomonlama komissiyasi tomonidan ishlab chiqilgan takliflar hisobga olingan holda” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
24) 257-moddaning:
birinchi qismi “Ushbu Kodeksda” degan so‘zlardan keyin “va qonunchilikda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
ikkinchi qismidagi “amalga oshirilgan to‘lovlarning barcha turlari” degan so‘zlar “to‘langan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mehnatga haq to‘lashning barcha tizimlaridagi xodimlarning o‘rtacha ish haqi xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladigan oydan oldingi o‘n ikki kalendar oy uchun xodimga hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi barcha daromadlar summasining o‘n ikkidan bir qismi miqdorida belgilanadi”;
to‘rtinchi va beshinchi qismlari chiqarib tashlansin;
oltinchi — o‘n to‘rtinchi qismlari tegishincha to‘rtinchi — o‘n ikkinchi qismlar deb hisoblansin;
yettinchi qismidagi “yettinchi qismiga” degan so‘zlar “to‘rtinchi qismiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
25) 259-moddaning ikkinchi qismidagi “uning shtatdagi o‘rinbosari” degan so‘zlar “shtatdagi uning o‘rnini bosadigan shaxs” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
26) 273-moddaning to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
27) 278-moddaning uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
28) 313-modda ikkinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Ish beruvchi xodimdan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilguniga qadar, shu jumladan agar intizomiy qilmish xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra aniqlangan bo‘lsa, yozma tushuntirishni talab qilishi shart”;
29) 343-moddaning o‘ninchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
30) 383-modda to‘rtinchi qismining o‘zbekcha matnidagi “kasb-hunar ta’limi” degan so‘zlar “professional” degan so‘z bilan almashtirilsin;
31) 385-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oliy, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qiyotgan xodimlarga o‘rtacha ish haqi saqlangan holda laboratoriya-imtihon sessiyalarida ishtirok etgan davr uchun o‘quv ta’tillari:
birinchi va ikkinchi kurslarda kechki ta’lim shaklida o‘qiyotganlar uchun oliy ta’lim tashkilotlarida — kamida yigirma kalendar kun, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida — kamida o‘n kalendar kun, oliy, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlaridagi sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha esa — kamida o‘ttiz kalendar kun;
uchinchi va undan yuqori kurslarda kechki ta’lim shaklida o‘qiyotganlar uchun oliy ta’lim tashkilotlarida — kamida o‘ttiz kalendar kun, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlarida — kamida yigirma kalendar kun, oliy, o‘rta professional va o‘rta maxsus professional ta’lim tashkilotlaridagi sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha esa — kamida qirq kalendar kun muddatga har yili beriladi”;
32) 392-moddaning nomi va birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“392-modda. Homiladorligi yoki farzandlari borligi sababli ishga qabul qilishni rad etishni, ishdan bo‘shatishni yoki ish haqini kamaytirishni taqiqlash
Homiladorligi yoki farzandlari borligi bilan bog‘liq sababga ko‘ra ishga qabul qilishni rad etish, ishdan bo‘shatish yoki ish haqini kamaytirish taqiqlanadi”;
33) 393-moddaning:
birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
34) 402-moddaning birinchi qismidagi “kamida o‘n to‘rt kalendar kun” degan so‘zlar “o‘n to‘rt kalendar kungacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
35) 412-moddaning uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
36) 416-modda uchinchi xatboshisining o‘zbekcha matnidagi “kasb-hunar ta’limi” degan so‘zlar “professional ta’lim” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
37) 417-modda birinchi qismining o‘zbekcha matni “xizmat safariga yuborish” degan so‘zlardan keyin “ish vaqtidan tashqari ishlarga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
38) 433-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Quyidagi hollarda o‘rindoshlik asosida ishlashga yo‘l qo‘yilmaydi:
o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan shaxslarga;
agar o‘rindoshning asosiy ishi noqulay mehnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lsa shunday sharoitlardagi ishlarda ishlashga (bundan sog‘liqni saqlash tizimi tashkilotlari xodimlari mustasno);
qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda”;
39) 434-modda:
uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Davlat organlari va tashkilotlari ishga qabul qilish chog‘ida ushbu modda birinchi qismining ikkinchi hamda to‘rtinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tegishli davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda, shu jumladan axborot tizimlaridagi idoralararo integratsiyalashuv platformalari orqali so‘rab oladi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin;
40) 436-moddaning birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
41) 437-moddaning uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
42) 445-moddaning oltinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
43) 503-moddaning o‘n beshinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
44) 525-moddaning uchinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
45) 534-moddaning birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
46) 535-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“535-modda. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi
O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi (bundan buyon matnda Davlat mehnat inspeksiyasi deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, u ish beruvchilar tomonidan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik, aholining bandligi, ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risidagi qonunchilik, mehnat to‘g‘risidagi boshqa huquqiy hujjatlar, mehnatni muhofaza qilish qoidalari hamda mehnat standartlari talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini va tekshiruvini amalga oshiradi”;
47) 559-moddaning 1-bandidagi “kasaba uyushmasi qo‘mitasi” degan so‘zlar “kasaba uyushmalari, ularning birlashmalari, bo‘linmalari va boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
48) 576-moddaning to‘rtinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
49) 577-modda:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari jamoaviy mehnat nizolarini tartibga solish bo‘yicha davlat organlaridir”;
uchinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi”;
to‘rtinchi qismining birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda viloyatlar va Toshkent shahar kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmalari”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2025-yil 13-fevral,
O‘RQ-1030-son